«Kvalifikacion musobaqalar bo’yicha nima gap?». Rejalashtirilgan Olimiada saralash turnirlari bo’yicha qisqa malumot

1181

Yaqinda, Milliy olimpiya qo’mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi dzyudo (Toshkentdagi Jahon kubogi) va taekvondo (Bayrut va Ammondagi OCh) musobaqalarining sanalari o’zgarishi va keyinga qoldirilishi haqida o’z mulohazalarini bildirdi. O’z navbatida, O’zbekiston suzish federatsiyasi o’quvchilarni, ota-onalarni, sportchilarni va suv sportiga befarq bo’lmagan barcha kuzatuvchilarni xabardor qilishni deb bildi.

Suv polosi: Nur-Sulton (Ostona) da o’tkazilgan Osiyo chempionati Qozog’iston Respublikasi Suv sport turlari federatsiyasi (QRSSTF) yangi COVID-2019 virusi tarqalishidan xavotirlanib, ikki marta (Fevral oyining boshi va oxiriga) qoldirildi. Oxir oqibat, u butunlay bekor qilindi va Trieste shahrida 09-15 Martlada bolib otishi (u Aprel-May oylariga o’tkazildi) deb hisoblandi. O’SF (bundan keyin – O’zbekiston suzish federatsiyasi) Osiyo suzish federatsiyasining ushbu qarorini hali ham tushunarliksiz va barcha tashkilotchilar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilinishiga umid qiladi. O’SF Osiyoda bo’lib o’tadigan saralash turnirida qatnashishini rejalashtirmoqda va AFUdan javob kutmoqda.
Eslatib o’tamiz, erkaklar jamoasi 2018 yilda Toshkentda bo’lib o’tgan VI Osiyo chempionatida Janubiy Koreyani mag’lubiyatga uchratib, Qozog’iston milliy terma jamoasi bilan durang o’ynagan, ammo Yaponiya, Xitoy va Eron terma jamoalariga imkoniyatni boy berishgan.

Suzish: O’zbekiston chempionati 26-29 Mart kunlari o’tkazilishi kerak edi, ammo so’nggi voqealar sababli u noma’lum muddatga qoldirildi, shuningdek joriy yilning 6-13 Aprel kunlari bo’lib o’tadigan O’zbekiston Ochiq chempionati xam qoldirildi.

Suvga sakrash: May oyida Yaponiyada FINA kubogini o’tkazish hali ham shubhada.

Sinxron (artistik) suzish: Yaponiyada Aprel oyida bo’lib o’tadigan saralash turniri ham shubhali.

Ko’rinib turibdiki, Aprel-May oylariga qadar barcha musobaqalar taqdiri shubhali. O’z navbatida, O’SF virus tez orada mag’lub bo’lishiga umid qilib ishonmoqda, va biz musobaqaning yangi sanalari taqdiri bilan bo’lishishimiz rejada tutilgan.

ULASHING