O’zbekiston suzish federatsiyasining 2020 yilgi Olimpiya o’yinlarini 2021 yilga o’tkazish to’g’risidagi bayonoti

836
M'anba: O'SF shifokori

Aziz do’stlar!

Ma’lumki, yaqinda Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi Yaponiya hukumati bilan birgalikda yangi COVID-19 virusi tarqalishi xavfi tufayli kelgusi yil uchun Olimpiya o’yinlarini keyingi yilga surish rejasini kelishib oldi. Ushbu xolatni inobatga olgan holda, O’zbekiston suzish federatsiyasi Sport va jismoniy tarbiya vazirligi va Milliy olimpiya qo’mitasi bilan birgalikda sportchilar uchun suv sporti turlari bo’yicha barcha o’quv-mashgulot yeginlarni toxtatish, shuningdek karantin qoidalariga rioya qilish va koronavirus xavfini oldini olish uchun ularni uylariga yuborish to’g’risida qaror qabul qildi. Ushbu chora-tadbirlar O’zbekiston hukumati mamlakatda karantin tugaganligini e’lon qilguniga qadar davom etadi.

Shu munosabat bilan suzuvchilar va sinxronchilar (artistik suzish bo’yicha suzuvchilar) ning Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida (RIOZMI) bo’lib o’tgan 23.03.2020 dan boshlab yig’ilishi vaqtincha to’xtatilinishi.

O’z navbatida, O’zbekiston suzish federatsiyasi barcha fuqarolarni o’zlarini va yaqinlarini himoya qilish uchun xavfsizlik va gigiena choralariga rioya qilishga, shuningdek karantinga rioya qilishga chaqirmoqda.

ULASHING