Samarqand shahrida suv polosi bo’yicha O’zbekiston chempionatiga start berildi

875
Ma'nba: O'SF

Avval xabar berib o’tkanimizdek, Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi Respublika oliy sport mahorati maktabida 1999-2000 yillarda tug’ilgan sportchilar o’rtasida suv polosi bo’yicha O’zbekiston chempionati boshlandi. Ushbu musobaqa suv polosida O’zbekiston milliy terma jamoasining kadrlar zaxirasini tayyorlash, yosh bolalarni mahoratini oshirish, shuningdek, yoshlar o’rtasida ushbu sport turiga qiziqishni oshirish, bu suv sport turi orqali sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish vazifalaridan biridir. O’z navbatida, O’zbekiston suzish federatsiyasi barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar va omad tilab qolladi. Musobaqa circular tizimda (ya’ni xar bir jamoa bir biri bilan toqnashib keladi) o’tkaziladi – 6ta o’g’il va qiz bolalar jamoasi, ularning har biri 3 ta medal (oltin, kumush, bronza) uchun kurashadi.

ULASHING