Sinxron suzuvchilarimiz Toshkentga qaytib kelishti

864
Ma'nba: Anh Viet CHAU @belstof

Avval xabar berganimizdek, sinxron suzish sport turi bo’yicha milliy terma jamoamiz vakillari 6 dan 9 Martgacha, Parijda bo’lib o’tgan FINA xalqaro sinxron suzish seriyasida ishtirok etishdi. Sportchilarimiz, Eltisheva Anna va Morozova Anastasiya Duet Free va Duet Technical uslublarida ishtirok etib, yakuniy hisobda 10 va 13 o’rinlarni egallab, (terma jamoalarning 22 ishtirokchisidan) 78.5667 va 76.8629 ball to’pladilar. Seriyadagi navbatdagi ishtirok etish joyi Misrdagi, Xurghada shahri bo’lib o’tishi rejalashtirilgan, unda qatnashish masalasi kechroq e’lon qilinadi.

   

ULASHING