2-4 may kunlari Suvga sakrash bo’yicha O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi.

262

O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining rejasiga muvofiq suvga sakrash bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi uchun munosib o’rindoshlarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida suvga sakrash bo’yicha kichik yoshdagi o’smirlar va yoshlar o’rtasida 2-4 may kunlari O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi.

Musobaqada jami 7 ta jamoa (Andijon Namangan Samarqand Jizzax Toshkent viloyati (Olmaliq shahri) va Toshkent shahri (2 ta jamoa) 52 nafar sportchi (shulardan 27 nafar qizlar) sovrinli o’rinlar uchun bahs olib bordilar.
Musobaqa dasturlari:

1 metr tramplin (erkaklar; ayollar; sinxron juftlik; miks juftlik;)
3 metr tramplin (erkaklar; ayollar; sinxron juftlik; miks juftlik;)
10 metr tramplin (erkaklar; ayollar; sinxron juftlik; miks juftlik;)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

ULASHING