Suzish bo’yicha murabbiylar mahoratini oshirishga qaratilgan o’quv seminari Jizzax shahrida bo’lib o’tdi

65

2018-yilning 10-aprel kuni Jizzax shahrida Samarqand,Jizzax va Sirdaryo viloyatlari murabbiylari uchun o’quv seminari o’tkazildi.

O’zbekiston suzish Federatsiyasining 2018-yiligi ish rejasiga muvofiq,joriy yilning aprel oyida Federatsiya tomonidan mamlakatimiz hududlarida suzish sport turi bo’yicha faoliyat yuritib kelayotgan murabbiylar malakasini oshirishga qaratilgan o’quv-seminari o’tkazilmoqda.

O’quv-seminarlari o’tkazishdan asosiy maqsad, Respublika murabbiylarini bugungi kunda suzish sport turi bo’yicha yuqori natijalarga erishib kelayotgan davlatlarning tajribasi bilan tanishtirish,mashg’ulotlar jarayoniga zamonaviy hamda ilmiy jihatdan yondashish va hududlarida suzish sport turi bilan shug’ullanib kelayotgan sportchilarni yagona uslubda tayyorlab borish tizimini yo’lga qo’yishdir.

Jizzax shahrida 39 nafar murabbiy o’quv seminarida ishtirok etishdi.

 

ULASHING