16 C
Tashkent
22 Sentabr, 2018

Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich

Rais

1957 yilda tug‘ilgan, Toshkent politexnika institutini tamomlagan, muhandis-metallurg, texnika fanlari doktori, O‘zbekiston Qahramoni.
2007-yildan buyon O’zbekiston suzish federatsiyasi raisi.

Biografiyasi:

1957 yilda tug‘ilgan, Toshkent politexnika institutini tamomlagan, muhandis-metallurg, texnika fanlari doktori, O‘zbekiston Qahramoni.
Mehnat  faoliyati:
Institutni 1979 yilda tamomlaganidan keyin «O‘zbekoltin» IB, O‘zbekston Respublikasi qimmatbaho metallar Davlat qo‘mitasining turli lavozimlarida ishlagan.
1994-1997 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi industrial rivojlantirish Kompleksining  mas’ul xodimi.
1997-2007 yillarda G‘allaorol tumani hokimi vazifasida va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ochiq aksiyadorlik jamiyatining turli lavozimlarida ishlagan.
2007-2008 yillarda   O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari.
2008 yildan hozirgi vaqtgacha «Navoiy kon metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi bosh direktori, 2014 yilning aprel oyidan o‘rindoshlik asosida Navoiy konchilik instituti rektori.
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 5, 10, 15, 20 yil» esdalik nishonlari,  2004 yilda   «Do‘stlik» ordeni, 2009 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni, 2011 yilda  «Fidokorona xizmatlari uchun»  ordeni, 2015 yilda «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan «Oltin Yulduz» medali berilgan holda taqdirlangan.
2004-2009; 2009-2014; 2014 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent va Navoiy viloyati  xalq deputatlari Kengashi deputati,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan a’zosi.