Bir brend tarixi: Lacoste

592

Dunyoda brendlar juda ko‘p, ammo ular orasida hamma biladigan maxsus markalar mavjud. Odamlar go‘zallikka qo‘shilish va moda madaniyatining bir qismi bo‘lish uchun yashashda davom etadilar. Bugun timsoh polosi bilan mashhur afsonaviy fransuz moda uyi haqida hikoya qilamiz. Ushbu hikoya Lacoste haqida.

Mashhur brendning asoschisi isteʼdodli tennischi Rene Lakost bo‘lib, u 1933 yilda o‘zining kiyim-kechak kompaniyasini tashkil qilgunga qadar ikki marta dunyoning birinchi raketkasi va sakkiz marta «Katta dubulg‘a» chempioni bo‘lgan. Shuning uchun u 20-yillardagi tennis formasi qanchalik noqulay ekanligini juda yaxshi bilardi. Rene keyinchalik doimiy noqulaylikdan xalos qiladigan yangi tennis libosini yaratish g‘oyasini ilgari surdi.

Bir kuni, 1926 yilgi tennis bo‘yicha AQSH ochiq chempionati chog‘ida, Rene birinchi bo‘lib kortga yengil trikotaj matodan o‘z qo‘li bilan tikilgan oq ko‘ylakda chiqdi. Shu tariqa, dunyoda birinchi bor tennis uchun maxsus kiyim-kechaklar vujudga keldi. Hozirda taniqli logotipga aylangan timsoh tasviri uni yana-da mashhur bo‘lishiga yordam berdi. Ushbu belgi Lakostning juftlikda tennis bo‘yicha Fransiya terma jamoasi sardori Alan Mur bilan o‘ynashi natijasida paydo bo‘ldi. 1927 yilda Devis kubogi arafasida sportchilar Renening avstraliyalik raqibiga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishi yuzasidan bahslashib qolishdi. Agar Lakost g‘alaba qozonsa, timsoh terisidan tikilgan jomadon olishi kerak edi. Afsuski, Lakost turnirni yutqazdi, ammo jasurligi va tirishqoqligi uchun jomadon o‘rniga “alligator” laqabini oldi. Biroz o‘tgach yaqin do‘sti, rassom Robe Jorj firma logotipni chizdi. Natijada Rene shkafidagi barcha kiyimlarni shu bilan bezatdi.

Sportni tark etgandan so‘ng, Rene Lakost tennischilar uchun maxsus kiyimlar yaratishni davom ettirdi va Andre Jilye bilan birgalikda Fransiyaning eng yirik trikotaj korxonalaridan biri – “La Societe Chemise Lacoste”ni ochdi. Bugungi kunda, uning mahsulotlari 1933 yildagi kabi talab darajasida qolmoqda. Ular hozirgi kunda nafaqat sport kiyimlarini, balki poyabzal, atirlar va boshqa aksessuarlarni ham ishlab chiqaradilar.

ULASHING