Butunjahon kamondan otish federatsiyasi Olimpiya saralash musobaqalari muddatini 2021 yilga ko‘chirdi

663
Rasim m'anbasi: Getty Images https://www.olympic.org/news/ioc-releases-revised-olympic-games-tokyo-2020-qualification-principles

Butunjahon kamondan otish federatsiyasi Tokio-2020 olimpiya saralash musobaqlari muddatini 2021 yilga ko‘chirdi

Shu tariqa bu yil Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan musobaqalar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Saralash turnilarida Tokio-2020 da ishtirok etish huquqini beradigan barcha kvotalar bu o‘rinlarni egallagan mamlakatlar federatsiyalari ixtiyorida saqlanib qoladi. Milliy federatsiyalar Tokio-2020 da ishtirok etadigan sportchilarni o‘zlari tanlaydi.

Ayni paytda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan 128 ta o‘rindan 87 tasi o‘z egalarini topgan. Bugungi kunda Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan 140 o‘rindan 93 tasi taqsimlab bo‘lingan. 2020 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan hech qanday musobaqalar o‘tkazilmaydi.

Avval belgilab qo‘yilgan barcha saralash musobaqalari 2021 yilga ko‘chiriladi. Bu faqat Olimpiya o‘yinlari final saralash musobaqalariga taalluqli emas. Bu turnir bevosita Fransiya poytaxti – Parijda o‘tkaziladigan Hyundai kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichidan avval bo‘lib o‘tadi. Jamoaviy yo‘nalishda o‘ynaladigan jahon miqyosdagi litsenzion turnir iyun oyida Berlin (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tishi lozim edi. Tashkilotchilar mazkur musobaqani Jahon kubogi doirasida o‘tkazib yuboradigan bo‘lishdi.

2021 yil mavsumi musobaqlalari muddatining to‘liq ro‘yxati koronavirus pandemiyasi chegaralashlari yumshatilganidan keyin eʼlon qilinadi.

Manba:olympic.uz

ULASHING