Geymermi yoki sportchi? Kibersport haqida to‘liq haqiqat

671

Kibersportni qimor deb bilsak, qanday sport turi haqida gapirishimiz mumkin? Ammo har kuni turli mamlakatlarda ishqibozlar sonini ko‘paytiradigan va eng muhimi, serdaromad ushbu yo‘nalishning ahamiyatini eʼtibordan chetda qoldirishimiz to‘g‘rimi?

2019 yil statistikasiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab kibersport auditoriyasi 1 milliarddan oshdi. Bu baʼzi anʼanaviy sport turlari, masalan futbol, “Formula-1” poygasi va beysbol kabi o‘yinlardan tashqari ko‘proq ko‘rsatkich, deganidir.
Xo‘sh, nima uchun odamlar hali ham kompyuter o‘yinlari haqida bir to‘xtamga kelishmaydi?

Birinchi va eng aniq sabab – bu qaramlik. Nahotki, uni azartdan boshqa yaxshi jihati namoyon bo‘lmaydigan sport kasalligi deb hisoblash mumkinmi?

Ikkinchi muhim muammo ijtimoiylashuvning buzilishi bilan bog‘liq, chunki virtual o‘yinlar allaqachon haqiqiylarni kuch bilan muvaffaqiyatli almashtirmoqda.

Ammo kibersport yashash huquqiga ega ekanligini rag‘batlantiradigan ko‘plab fikrlar mavjud. Masalan, u bolalarni intellektual rivojlantiradi va ularni hovlida tarallabedod o‘ynab yurish o‘rniga biznes bilan shug‘ullanishga majbur qiladi, degan faraz mavjud.

Kibersportning ommaviyligi 1980-yillarda, Atari o‘zining «Space Invaders» o‘yinida birinchi chempionlikni o‘tkazganida boshlangan, unda 10 mingdan ortiq kishi qatnashgan va kampaniyaning asosiy maqsadi foydalanuvchi o‘yin rekordlarini saqlash va videoo‘yinlarni ommaga tatbiq etish edi. Ammo haqiqatan ham katta va professional turnir bu «Konsol bo‘yicha Jahon chempionati» edi. Unda har qanday ishtirokchi g‘alaba uchun 10000 dollar olishi mumkin bo‘lgan. Aynan ushbu chempionatni tarixchilar birinchi rasmiy kiberturnir deb hisoblashadi.

Yevropada kibersport bo‘yicha yirik musobaqalar faqat 2000-yillarning o‘rtalarida, Italiyada World Cyber Games bo‘lib o‘tganda boshlandi. 2001 yilda Rossiya kibersportni rasmiy ravishda katta sport sifatida tan olgan va hatto uni sport musobaqalari reyestriga kiritgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

Bugungi kunda 5 ta asosiy yo‘nalishlarga bo‘lingan rivojlanish kompaniyalari kibersport musobaqalarining asosiy tashkilotchilari sanaladi.

  1. “Shuterlar” – o‘yinchi boshqa ishtirokchilarni otishi kerak. (Counter-Strike,Warface).
  2. “Strategiyalar” – o‘yinchilar armiyalari o‘rtasidagi janglar. (StarCraft va WarCraft).
  3. «Jamoaviy rolik o‘yinlar» – o‘yinchilar har bir belgi ustidan nazorat o‘rnatadilar va birgalikda raqiblar guruhini mag‘lub etishga harakat qiladilar. (League of Legends, Dota 2).
  4. «Sport simulyatorlari» – bu o‘yinni o‘ynaydiganlar futbolchilar, xokkeychilar va boshqa sportchilar sifatida harakat qilishlari mumkin. (FIFA,NHL).
  5. «Texnik simulyatorlar» – bu yerda odamlar tanklar, samolyotlar yoki avtoulovlarning haydovchilari sifatida o‘ynashadi. (World of Tanks).

Counter-Strike Electronic Sports League va sport musobaqalari ligalaridagi eng muhim qoidadir. Uning sovrin jamg‘armasi shunga o‘xshash musobaqalar ichida dunyodagi eng kattasi bo‘ldi. 2019 yilda birinchi o‘rin uchun 500 ming dollar pul mukofoti qo‘yilgan. Har yili kibersportga qiziqish o‘sib bormoqda. Shu tariqa, Dota 2 bo‘yicha The International 2019 chempionatini millionlab odamlar tomosha qilishdi.

Bunday faktlar shundan dalolat beradiki, kibersport, boshqa sport turlari singari, asta-sekin texnologik innovatsiyalarga asoslangan ulkan bozorga aylanib bormoqda.

Yaqinda O‘zbekistonda Kompyuter va kibersport assotsiatsiyasi faoliyat boshladi. Shu sababli, yaqin kelajakda kompyuter o‘yinlari tez rivojlanayotgan mamlakatimizning sport turlari bo‘yicha davlat reyestriga kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston kibersportlari haqida ko‘proq maʼlumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://ictnews.uz/29/09/2017/cybersports/

ULASHING