Insonni nima yetakchiga aylantiradi?

649

Mana necha yildirki, odamlarni nega kimdir yetakchiga aylanadi, boshqalari eʼtiborga olinmaydi, degan savol qiynab keladi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamning yetakchilik qilish qobiliyati uning mashaqqatlarga munosabati bilan belgilanadi va agar u hatto falokatdan ham mantiqiy xulosa chiqara olsa, demak u ko‘pchilikka yetakchilik qiladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, insonni atrofdagilardan ajratib turadigan to‘rtta fazilat mavjud:
1. Boshqa odamlarni ilhomlantirish va umumiy ish ustida ishlash qobiliyati;
2. Fikrlashining o‘ziga xosligi;
3. O‘z eʼtiqodi va tamoyillariga sodiqlik;
4. Har qanday muammoga dosh berish, ulardan o‘rganish va kuchli bo‘lish qobiliyati. Ushbu tamoyilni fundamental va eng muhim deb atash mumkin. Bu o‘z navbatida ikkita tarkibiy qismdan iborat: vaziyatga obyektiv yondashish qobiliyati va stressga qarshi turish.

Intervyularda ko‘plab top-menejerlar va rahbarlar, hayotida uchragan sinovlar nafaqat ularni tinchlantirishga qodir, balki yangi hikmat topishga ham yordam berganligini taʼkidlaydilar. Bunday odamlarda umid hech qachon o‘lmaydi va o‘zlari ham buzilmaydi.

Barcha rahbarlar uchun umumiy bo‘lgan yana bir o‘ziga xos xususiyat – bu qiziquvchanlik, ishtiyoq, yangi narsalarni o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib borish va o‘z ustida ishlash. Bilim olishga intilishning bir nechta ajoyib misollari bor: Robert Gelvin 80 yoshida Motorola direktorlar kengashi raisi bo‘lib, vindsyorfing asoslarini bilgan. Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasining 71 yoshli sobiq raisi kichik Artur Levitt yoshi ulug‘ bo‘lishiga qaramay, tez-tez sayohatlar uyushtirgan.

Ayrimlar chiqib bo‘lmas holatdek tuyulgan vaziyatlarni “chiniqish” deb atashadi. Ular oddiy predmetdan oltin yasashga harakat qilgan o‘rta asr kimyogarlarini eslashadi. Hayotda shunday: qiyin vaziyatlarda odam: «Men kimman?» va «Men uchun nima muhim?» kabi savollarni o‘z oldiga qo‘yadi. Ularga javoblar hayotiy qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu esa yetakchi bo‘lishga yordam beradi.

Manba: https://hbr-russia.ru/management/upravlenie-izmeneniyami/829072

ULASHING