Karyera terapiyasi

1314

Biznes boshlash yoki boshqa mamlakatga ketishni o‘ylayapsizmi? Shu bilan birga, hayotingizni tubdan o‘zgartirish g‘oyasi kunu tun fikrlaringizni tark etmayaptimi? Demak, siz endi xotirjam emassiz va o‘zgarishni xohlaysiz.

Faqat biron bir sababga ko‘ra hech narsa qilmayapsiz… Keling, nima sizni hammasini paysalga solishga nima majbur qilayotganini aniqlashtirib olaylik.

Buning uchun bir nechta izohlar mavjud:

1. Biz lahzalik zavqlanishni kutyapmiz

Qoida tariqasida, vazifa qanchalik katta bo‘lsa, uni amalga oshirish va tayyorlashga ko‘proq vaqt ketadi. Bizga bu yoqmaydi, chunki biz har doim hamma narsani tez va zudlik bilan bo‘lishini xohlaymiz. Shu sababli, odamlar birinchi qiyinchiliklarga duch kelganda, boshlagan narsalarini ko‘pincha yarmiga yetkazmasdan tashlaydilar. Bizda shunday shubhalar paydo bo‘ladi: qimmatli vaqtimni yo‘qotishim va behuda sarflashim menga shunchalik kerakmidi? Balki yo‘q. Yoki dangasalik uchun yana bir bahona topgandirsiz. Shuning uchun faqatgina kamadan kA odam muvaffaqiyatga erishadi. Ular odatda elektron pochtasini qayta tekshirib ko‘rib o‘tirmasdan foydali dasturni o‘rganadigan, “Facebook”dagi yangiliklarni kuzatib yurmasdan, o‘z loyihasini yaxshilaydiganlardir. Shunday qilib, ko‘pchilik shubha qilganda, “jinnilar” dunyoni zabt etishadi.

2. Biz doimo qo‘rqamiz

Ko‘pincha o‘z ishimiz ustida ishlamaymiz, chunki har xil masalalarni hal qila olmaymiz. Masalan, agar bir inson videorolik suratga olayotgan yoki unga ssenariy yozayotgan bo‘lsa, qanday uslubni tanlashni, qanday montaj qilishni, qayerda suratga olishni va yangi to‘siqlar ishni boshlashga xalaqit beradi kabi shubhalarni izlay boshlaymiz. Ehtimol, muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo‘rqamiz. Natijada, «tik holda» o‘tirishda davom etamiz va hech narsa qilmaymiz.
Yomon ish qilishdan qo‘rqish yoki hadik ishimizni ham kechiktiradi.

3. Biz o‘z kelajagimizni qayta baholaymiz

Ko‘pincha hal qiluvchi qadam qo‘yishdan oldin to‘xtab, o‘zimizga shunday deymiz: «Biror narsani tugatishim kerak. Shundan keyin men bu ishni tezda bajaraman, lekin hozir va bugun emas». Ko‘pchiligimiz rejalashtirgan vazifalarimizning uzun ro‘yxati bor, chunki kelajakda ko‘p ish qilishim mumkin, deb o‘ylaymiz. Bu juda samarali va dinamik ko‘rinadi. Ammo ko‘p kishilarda eng yaxshi g‘oyalarni amalga oshirish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q.

Ilon Maskning boshida hech bir mahsulotlari mukammal emas edi. «O‘zni oqlash» mantig‘iga ko‘ra, bozorga elektr mashinasi olib kirishning maʼnosi yo‘q, chunki uni zaryadlash uchun joy yo‘q.
Xo‘sh, nega muvaffaqiyatsizlik yuz bermadi? Mask g‘oya paydo bo‘lishi bilanoq uni hayotga tatbiq etdi va ideal holatga keltirish uchun hamma narsani qilish kerakligini yaxshi bilganligi sabablidir.

4. Xayol dunyosida yashayapmiz

Yo‘q, albatta, biz buni ataylab qilmayapmiz. Aslida, miyamiz ozgina tahdid yoki psixologik zarba bilan ongimizni stressdan himoya qiladigan tarzda yaratilgan. Shunday qilib, «o‘z-o‘zini aldash» paydo bo‘ladi. Bu jarayon mutlaqo ongsizlik bo‘lib, tushunchamizni chetlab o‘tadi. Boshqacha aytganda, uni boshqarmaymiz. Natijada nima bo‘ldi? Xayoliy holatlarga haqiqiy vaziyatlarni ixtiro qilish va moslashtirish ong ostida qoldi. Aynan idrok etishni yaxshi ko‘ramiz. Biz narsalar aslida qanday bo‘lganligi uchun emas, balki xayolimiz tufayli o‘zimizni oqlay boshlaymiz.

Xulosa shuki, uzoq xayol surish va harakatsizlikni oqlashning hojati yo‘q, faqat hozir o‘ylaganingizni qilishingiz kerak.

Xulosa qilib aytish mumkinki, xatolardan qo‘rqmasligingiz kerak. Agar qo‘rquvsiz, bir kunni yo‘qotib, nomaʼlum tomon qadam tashlasangiz, hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishingiz va yoqimsiz vaziyatni o‘z tomoningizga og‘dirishingiz mumkin.Manba: https://pro.rbc.ru/news/5e5e381e9a79471262fb66d9

ULASHING