Kuniga 20 daqiqa va siz chidamlisiz! Kun mashg‘uloti

876

Siz uchun “GERAKLION” jamg‘armasi bosh murabbiyi Yevgeniy Bogachyov tomonidan tayyorlangan hamma uyda bajara olish mumkin bo‘lgan noyob mashg‘ulot topdik.

Ushbu “to‘plam” qo‘llar, ko‘krak qafasi, son va qorin mushaklarini shakllantiradi va chidamliligingizni sezilarli darajada oshiradi.

Asosiysi, ularni kichik intervallarda bajarish va har davrda 80 marta takrorlash lozim. To‘plamni hozirgi jismoniy holatingiz izn beradigan qismlarga ajrating.

«Masalan, agar siz 30 soniyada atigi 10 ta qo‘lni bukib-yozish mashqi(otjimaniye)ni bajara olsangiz, boshqa elementlarga ham o‘ting: oyoqni ko‘krak tomonga 25 marta ko‘tarish, 25 marta press mashqi (sitap) va 20 ta sakrab turish. Shunday qilib, siz mashqni jami 80 marta takrorlay olgan bo‘lasiz». – deydi Yevgeniy.

Aytgancha, agar hali ham “otjimaniye”larni qanday qilishni bilmasangiz, bu muhim emas, siz dastlabki holatni ishonchli boshlab oling. Lekin tizza yerda bo‘lishi kerak. Shunday qilib, bu osonroq bo‘ladi.

Manba: https://lifehacker.ru/trenirovka-dnya-11/

ULASHING