Tabata mashg‘ulotlari: bu nima degani?

971

Tabata mashg‘ulotlari – bu yuqori intensivlikdagi oraliq mashg‘ulotidir, uning maqsadi minimal vaqt ichida maksimal harakatlar miqdorini bajarishdir. Tabata juda sodda va universal uslub bo‘lgani uchun shug‘ullanuvchilar orasida katta shuhrat qozongan. Ushbu mashg‘ulotning mohiyati shundaki, dastlabki 20 soniyada ish uchun to‘liq kuch bo‘lishi, keyin 10 soniya tanaffus talab qilinadi. Yaʼni 4 daqiqada 8 sikl o‘tadi va u bir necha raund bo‘lishi mumkin. Raundlar orasida 1-2 daqiqali tanaffus mavjud.

Tabata faqat bitta mashqni yoki ehtimol butun kompleksni o‘z ichiga olishi mumkin.

Ushbu mashg‘ulotlarning taʼsiri chindan ham hayratlanarli. Ular aniq yog‘ kamaytiradigan taʼsirga ega. Shubhasiz, bu ozishni istaganlar uchun qiziqarli. Shuningdek, Tabata mashqlari metabolizmni tezlashtiradi. Bu jismoniy mashqlar 4 daqiqadan so‘ng moddalar almashinuvi ikki baravar kuchayadi va taʼsir yarim soat davom etadi.

Yuqori surʼatli mashg‘ulotlardan maksimal samarani olish uchun vaqtni kuzatib borish, mushaklarni qizitib olish va imkon darajasida ko‘proq mashq bajarish muhimdir.

Biroq, bunday mashg‘ulot yurak-qon tomir kasalligi bo‘lgan odamlar uchun, kam uglevodli parhezdagilar va tayyorlanmagan boshlovchi havaskorlar uchun mos yemas. Organizmni tabataga tayyorlashning minimal muddati – 2-3 oy. Bu vaqt davomida kuch va kardio mashqlariga eʼtibor qaratish lozim.

Nihoyat, yana bir bor taʼkidlaymiz, tabata mashg‘ulotlari tez ozishni, chidamliligini oshirishni va bir martalik zerikarli mashg‘ulotlardan xalos bo‘lishni istaganlar uchun javob beradi.

ULASHING