Yaponiyalik tramplinchi Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

1395

Tramplindan sakrash bo‘yicha yaponiyalik taniqli sportchi Noriaki Kasay ushbu sport turida eng ko‘p startga chiqqan atlet sifatida Gennisning rekordlar kitobidan joy oldi.

47 yoshli sportchi faoliyati davomida 569 marotaba Jahon kubogi bahslarida starga chiqqan. Bu borada ikkinchi ko‘rsatkich 38 yoshli shveysariyalik ikki karra Olimpiya chempioni Simon Ammanga tegishli bo‘lib turibdi. Amman shu paytgacha 438 ta startni amalga oshirgan.

Eʼtiborlisi, yaponiyalik sportchi bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. “Qariya”ning maʼlum qilishicha, u o‘z rekordini 600 tagacha chiqarmoqchi. Quyida Kasayning turli ko‘rsatchiklarda ushbu sportdagi boshqa rekordlarini ham tanishtirib o‘tamiz:
– Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p ishtirok etgan sportchi (1992-2018 yillar oralig‘idagi 8 ta Olimpiada);
– Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan eng yoshi katta sportchi (Sochi-2014, kumush medal, 41 yosh 254 kunlik);
– Jahon kubogida g‘alaba qozongan eng yoshi katta sportchi (2014/15 yilgi mavsum, 42 yosh 5 oylik);
– Jahon kuboklarida shohsupaga ko‘tarilgan eng yoshi katta sportchi (2016/17 yilgi mavsum, 3-o‘rin, 44 yosh 9 oylik);
– Olimpiya o‘yinlari (21) va turli davrlardagi jahon chempionatlarida (55) eng ko‘p startga chiqqan sportchi.

Manba : olympic.uz

ULASHING