Suzish bo'yicha O'zbekiston chempionatining uchinchi kunida quyidagi suzish masofalari o'tkazildi: 100 m brass usuli (erkaklar / ayollar), 400 m erkin usuli (erkaklar / ayollar), 100 m chalqancha (erkaklar / ayollar), estafeta 4x100 m erkin usuli (erkaklar/ayollar).
Yakuniy suzishlar yakunlangach, taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi, suzish bo'yicha O’zbekiston chempionatning ikkinchi kunidagi g'oliblar taqdirlandi.
Suzish bo'yicha O'zbekiston chempionatining ikkinchi kunida quyidagi suzish masofalari o'tkazildi: 50 m brass usuli (erkaklar / ayollar), 50 m batterflay (erkaklar / ayollar), 200 m erkin usuli (erkaklar / ayollar), 200 m chalqancha (erkaklar / ayollar), estafeta 4x100 m aralash (erkaklar/ayollar).
Bugun Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining suzish bo'yicha katta murabbiyi Risbaev Rustam Baxtiyorovich tug'ilgan kunini nishonlamoqda.
Rustam Baxtiyorovich 1982 yil 27 iyunda tug'ilgan. Bo'lajak O'zbekiston chempionlarining murabbiyi sportdagi faoliyatini kanoeda suv sporti bo'yicha sportchi sifatida boshladi.Rustam Baxtiyorovich kanoeda suv sporti bo'yicha O'zbekiston Respublikasi chempioni bo'lib, bundan tashqari u "Sport ustasi" sport unvoniga sazovor bo'ldi.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ushbu tashrif nafaqat hizmat uchrashuvi, balki ikki mamlakatning turli sport tashkilotlari, jumladan, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va Ummon Olimpiya qo'mitasi o'rtasida yaqin hamkorlik va sport kooperatsiyasini mustahkamlash imkonini beradi.
Tashrif davomida faxriy mehmonlar O'zbekiston Olimpiya harakatining boy tarixi bilan tanishdilar, shuningdek, O'zbekiston Olimpiya shon-shuhrati zalidan o'tdilar.
Bugun , Toshkent vaqti bilan soat 02.45da, Osiyo suzish federatsiyasi Bosh kotibi - janob Taha Al-Kishri boshchiligidagi Osiyo suzish federatsiyasi delegatsiyasi Toshkentga hizmat safari bilan keldi. Tashrif davomida faxriy mehmonlarning Navoiy shahridagi O'zbekiston suzish Federatsiyasi rahbariyati, va undan tashqari Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati bilan bir qator hizmat doirasidagi uchrashuvlari kutilmoqda.
Shuni ham ta'kidlash joizki, janob Al-Kishri mamlakatimiz hududlariga safari davomida Samarqand viloyati hokimi bilan uchrashib, viloyatda potentsial hamkorlik va suv sport turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
O'zbekiston Suzish Federatsiyasi Respublikamızning barcha fuqarolarini kirib kelgan "Navro'z" bayrami bilan tabriklaydi! Federatsiya raxbarıyatı nomidan, baxt-saodat, tinchlik-osoishtalik hamda barcha orzular ro'yobga chishini tillab qolamiz.
Bahoriy kayfiyat sizni hech qachon tark etmasin! Bayramingiz bilan hurmatli vatandoshlar!
Respublika olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib o'tayotgan turnirda mamlakatimizning turli viloyatlaridan (Andijon viloyati, Buxoro viloyati, Respublika Oliy Sport Mahorati Maktabi, Samarqand viloyati, SST boyicha IBOSM) Toshkent, Farg'ona viloyati). Musobaqa g'oliblari O'zbekiston Respublikasi Oliy o'quv yurtlariga imtiyozli kirish yutug'ini beradi
Bugungi dasturga ko'ra, 3 xil yo'nalishlar boyicha bo'lib o'tdi: Texnik guruh, Texnik duet va Highlight.
AQSh olimpiya tayyorgarligi markazining mukammallik bo'yicha direktori, FINA eksperti Doktor Genadiyus Sokolovas poytaxtga mahalliy murabbiylar va sportchilarni suzish bo'yicha eng so'nggi yangiliklar va mashg'ulotlar usullari bilan tanishtirish va o'qitish uchun uchib keldi.
Seminarda onlayn ravishda Zoom ilovasi orqali Qirg'iziston va Turkmaniston respublikalaridan vakillar ham qatnashmoqdalar. Seminarning o'zi 12 martga qadar davom etadi va shanba kuni doktor Genadiyus Chirchiqga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutida mehmon ma'ruzachi sifatida ishtirok etish uchun kelishi kutilmoqda.
Suv sport turlari bo'yicha yagona federatsiya tashkil etilganligi va birlashganligidan beri har to'rt yilda bir marta hisobot-saylov konferentsiyasi o'tkaziladi, va unda to'rt yillik tsikl natijalariga ko'ra amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi va yangi boshqaruv jamoasi saylanadi.
6 mart kuni uchinchi anjuman bo'lib o'tdi, unda Suzish federatsiyasi rahbariyati, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan murabbiylar va sport vakillari qatnashdilar. Tadbirda prezidium va taftish komissiyasi tarkibini saylash bo'lib o'tdi, unda suv sporti turlari bo'yicha bosh murabbiylarning o'z lavozimlariga muvofiqligi masalasini ko'rib chiqish topshirildi.
1939 yil O‘zbekistonda Suvda suzish bo‘yicha respublika federatsiyasi tuzildi. O‘tgan asrning 60-yillarida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, “Mehnat rezervlari” sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi. Respublikada qobiliyatli yosh sportchi suzuvchilar yetishib chiqa boshladi.