Home/Yangiliklar/Akbar Sodiqov: “Pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati bor”

Akbar Sodiqov: “Pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati bor”

← Oldingi Keyingi →
28

photo_2022-08-02_19-15-45

Xabaringiz bor, suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Belgrad shahri (Serbiya)da o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Bugun terma jamoamiz guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin oldidan biz terma jamoamiz bosh murabbiyi Akbar Sodiqov bilan bog‘landik.

“Guruh bosqichi o‘yinlarining yakunlariga ko‘ra o‘z guruhlarida birinchi o‘rinlarni egallagan to‘rtta terma jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-off bosqichiga chiqadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari esa chorak final yo‘llanmasi uchun yana bir uchrashuv o‘tkazadilar. Guruhda oxirgi o‘rinlarni band etgan terma jamoalar esa 13-16 o‘rinlar uchun kurashni davom ettirishadi. So‘nggi turda bizni nafaqat g‘alaba balki durang natija ham qoniqtiradi. Sababi to‘plar nisbatiga ko‘ra bizning ko‘rsatkichimiz yaxshi.

Shuni ishonch bilan aytamanki, shogirdlarim bizga kerakli bo‘lgan natijaga erishish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar qilishadi. Fursatdan foydalanib terma jamoamizga yaratib berilayotgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun barcha-barchaga minnatdorlik bildiraman. Va albatta, bizni doimo qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislarga ham rahmat deb qolaman”, - deydi Akbar Sodiqov.

Biz ham o‘z navbatida hamyurtlarimizga bo‘lajak o‘yinlarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена