Home/Yangiliklar/Armen Bogdasarovni tabriklaymiz!

Armen Bogdasarovni tabriklaymiz!

← Oldingi Keyingi →
3

MY8fKVQvDLrml3qBmUViuYqPmzG6CoNp

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Armen Bogdasarov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bagdasarov Armen Yuryevich 1972 yil 31 iyul kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Vladimir Pyatayev qo‘l ostida dzyudo sir-asrorlarini o‘rgangan.

Armen Bagdasarov 1996 yili Atlanta shahri(AQSH)da bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston jamoasiga ilk medalni taqdim etgan. Dunyoning eng yirik sport anjumanida  -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz yakunda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Armen Yuryevich 1993-2001 yillarda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi sifatida xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. 1996 yilda u Olimpiadadagi muvaffaqiyatli ishtirokdan tashqari Osiyo chempionligiga ham erishgan. 1998 yili Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindori, 1999 yilda esa ikki karra Osiyo chempioniga aylandi. Shuningdek, u Osiyo chempionatining ikki karra bronza medali hamda Butunjahon talabalar Universiadasining kumush medali sohibi hisoblanadi.

2001 yilda sportchilik faoliyatini yakunlagan Bagdasarov avvaliga terma jamoa bosh murabbiyi, keyin esa O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan. Shu bilan bir qatorda Respublika sport yakkakurashlari oliy sport mahorati maktabi direktori bo‘lgan. Bugungi kunda Xalqaro dzyudo federatsiyasida (IJF) masʼuliyatli lavozimda faoliyat yurityapti.

Armen Bagdasarovning sportdagi ko‘p yillik muvaffaqiyatli ishtiroki Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U "Mehnat shuhrati" ordeni (1996), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2000), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy (2006) unvonlariga loyiq ko‘rilgan.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Armen Bagdasarovni dzyudo sport turining dunyodagi rivojiga qo‘shgan xissasi uchun oltin medal bilan mukofotlagan.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston suzish federatsiyasining ahil jamoasi Armen Yuryevichni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi va unga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, kelgusi faoliyatida ham omad va zafarlar tilab qoladi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена