Home/Yangiliklar/Dastlabki sovrindorlar maʼlum bo‘ldi

Dastlabki sovrindorlar maʼlum bo‘ldi

← Oldingi Keyingi →
62

027A0473

Bugun Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari boshlandi. Osiyo suzish federatsiyasi shafeligida tashkil etilgan mazkur qitʼa chempionatida 14 davlatdan 45 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishyapti.

027A0500 027A0542

Haqiqiy bayramona ruxda tashkil etilgan ochilish marosimida Osiyo suzish federatsiyasi Bosh kotibi Taha Al Kishri, shuningdek, Samarqand viloyat xokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Respublika suzish federatsiyasi rahbariyati so‘zga chiqib, mamlakatimizda sport sohasini yana-da rivojlantirish borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar, mazkur Osiyo chempionati, uning nufuzi va darajasi haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

027A0356027A0373

Shundan so‘ng ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha o‘ninchi bor tashkil etilayotgan Osiyo chempionatiga start berildi.

027A0434 027A0403

“O‘zbekiston nafaqat mahoratli sportchilarni tayyorlash, balki har qanday nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkil etish borasida ham katta tajribaga ega eganligiga bugun yana bir bor amin bo‘ldim. Fursatdan foydalanib, barcha tashkilotchilarga Osiyo suzish federatsiyasi nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. Men O‘zbekistonga ko‘p bor tashrif buyurganman va har safar kelganimda ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilganligiga guvoh bo‘laman. Yana bir jihat. O‘zbekistonda sport sohasini rivojlantirishga Davlat miqyosida alohida eʼtibor qaratiladi. Eʼtiborlisi, bunga javoban yurtingiz sportchilari ham xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatlari salmog‘ini yuksaltirib borishyapti. Bu safargi tashrifim davomida O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashib, istiqbolli rejalar hususida fikr almashdik. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, o‘zaro hamkorligimiz yil sayin mustahkamlanib boradi”, - deydi  Osiyo suzish federatsiyasi Bosh kotibi Taha Al Kishri.

027A0630 027A0778

Bugun musobaqaning dastlabki kuni 5 kilometr masofaga suzish bahslari o‘tkazildi. Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada 24 nafar, xotin-qizlar orasida esa 16 nafar sportchi bahslarga kirishdi.

027A0843

Birinchi bo‘lib suzish havzasiga erkaklar tushishdi. Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini uch nafar sportchimiz – bular Abdujalil Abdug‘aniyev, Vyacheslav Shkretov hamda Nikita Kornilov himoya qilishdi.

027A1015

Qizg‘in kechgan musobaqa yakunlariga ko‘ra yaponiyalik Taishi Minamide marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kunchiqar yurt vakili belgilangan masofani 58 daqiqa-yu 4 soniyada suzib o‘tdi.

027A1078027A1075

“Osiyo chempionatiga faqat oltin medalni ko‘zlab kelganman. Maqsadim ro‘yobga chiqqanidan juda ham xursandman. Albatta, mazkur chempionatda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritish osonlikcha bo‘lmadi. O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, so‘nggi masofalarga qadar birrinchi o‘rin uchun shiddatli kurash kechdi. Yakunda g‘oliblik menga nasib qildi”, - deydi Taishi Minamide.

027A1475

Erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada kumush medalga yaponiyalik yana bir sportchi Taiki Nonaka sazovor bo‘lgan bo‘lsa, bronza medali Xitoy Taypeyi vakili Cheng-Chi Choga nasib qildi.

027A1425

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga Abdujalil Abdug‘aniyev sazovor bo‘ldi. Iqtidorli sportchimiz belgilangan masofani 1 soatu 04 daqiqa 14 soniyada suzib o‘tib, 11-o‘rinni egalladi.

027A1539

Xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqalar ham murosasizlikda erkaklarnikidan aslo qolishmadi. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Anastasiya Zelinskaya, Muslima Jumaboyeva hamda Parizoda Iskandarova himoya qilishdi.

027A1520

Qizg‘in kechgan bahslarning yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni yaponiyalik Yukimi Moriyama egalladi. U belgilangan masofani 1 soatu 1 daqiqa 8 soniyada suzib o‘tdi.

“Men Osiyo chempionatida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilganimdan juda ham xursandman. Bu yilgi qitʼa chempionatiga ko‘plab nomdor sportchilartashrif buyurishdi. Bu esa tabiiyki, sovrinli o‘rinlar uchun kurashni yana-da murosasiz o‘tishiga xizmat qildi. Sportda chempion bo‘lishdan, uni saqlab qolish qiyin degan ibora bor. Men navbatdagi musobaqalarda ham birinchilikni o‘z qo‘limda saqlab qolish uchun bor kuch va imkoniyatimni ishga solaman”, - deydi Yukimi Moriyama.

Xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada kumush medalga gonkonglik Tsz Yin Nip sazovor bo‘lgan bo‘lsa, bronza medalini qozog‘istonlik Mariya Fedotova qo‘lga kiritdi.

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni Anastasiya Zelinskaya qayd etdi. U belgilangan masofani 1 soatu 8 daqiqa 46 soniyada suzib o‘tib, 9-o‘rinni band etdi.

Ertaga sportchilar dam olishadi. 24 sentyabr kuni esa 10 kilometr masofaga musobaqalar o‘tkaziladi.      
Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена