Home/Yangiliklar/Davlat mukofoti muborak, Elmira Fayzullayeva!

Davlat mukofoti muborak, Elmira Fayzullayeva!

← Oldingi Keyingi →
63

photo_2022-08-30_22-34-39

Maʼlumki, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni eʼlon qilindi.

Farmonga ko‘ra, vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin isteʼdodi, keng qamrovli ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, sport, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar bilan taqdirlandi.

Eʼtiborlisi, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar orasida Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sinxron suzish bo‘limi murabbiysi Elmira Fayzullayeva ham o‘rin egallagan.

O‘zbekiston suzish federatsiyasining ahil jamoasi Elmira Tulkunovnani  — “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlanganligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi. Tajribali murabbiyga kelgusi faoliyatida ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена