Home/Yangiliklar/G‘olib va sovrindorlar hamda ularning ustozlariga minnatdorlik bildirildi

G‘olib va sovrindorlar hamda ularning ustozlariga minnatdorlik bildirildi

← Oldingi Keyingi →
60

Maʼlumki, joriy yilning iyul va avgust oylarida mamlakatimiz sportchilari Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tkazilgan “Osiyo bolalari-2022” va Turkiyaning Konya shahrida tashkil etilgan yirik sport anjumanlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Quvonarlisi, har ikki musobaqada ham O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida mezbon davlatlardan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu ham o‘z navbatida yurtimizda sport yil sayin taraqqiy etib, yangidan-yangi iqtidorlar safi kengayib borayotganligining yorqin isboti bo‘ldi.

Eʼtiborlisi, O‘zbekiston delegatsiyasining tarixiy g‘alabalariga suzish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va kattalar terma jamoalari aʼzolari ham munosib hissa qo‘shdilar.

IMG_2440

Xususan, “Osiyo bolalari-2022” xalqaro sport o‘yinlarida 200 metr masofaga batterflyay usulida suzishda Asadbek Abdumalikov kumush, Daler Sufyanov 100 metrga batterflyay usulida suzishda, Ulyana Nazmutdinova esa 100 metr masofaga chalqancha usulda suzishda bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan V Islom birdamligi sport o‘yinlariga yo‘l olgan suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar aʼzosi yakunda 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, O‘zbekiston delegatsiyasining umumiy muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdilar.

Bugun O‘zbekiston suzish federatsiyasida har ikki musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar va ularning ustozlariga minnatdorlik bildirildi. Unda O‘zbekiston suzish federatsiyasining rahbariyati, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

IMG_2658

Tadbirni O‘zbekiston suzish federatsiyasining raisi, senator Quvondiq Sanakulov kirish so‘zi bilan ochar ekan, O‘zbekiston sportchilarining “Osiyo bolalari-2022” hamda “Islom birdamligi sport o‘yinlarida” qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari eng avvalo, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va jismoniy tarbiya va sport sohasini yana-da rivojlantirish borasida Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rliklar, yaratilayotgan sharoitlar asosiy omil bo‘layotganligini mamnuniyat bilan taʼkidlab, mardonavor sportchilarimizga bo‘lajak musobaqalarda ham omad va zafarlar tiladi.

O‘z navbatida sportchi va murabbiylar nomidan so‘zga chiqqanlar ham yaratilayotgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan bu kabi g‘amxo‘rliklar uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishlarini taʼkilashdi.

IMG_2598 IMG_2587 IMG_2640 IMG_2572

Shundan so‘ng, “Osiyo bolalari – 2022” xalqaro sport o‘yinlari hamda “Islom birdamligi o‘yinlarida” O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida sovrindorlar safidan o‘rin egallagan suzish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar va kattalar terma jamoalari aʼzolari hamda ularning murabbiylariga O‘zbekiston suzish federatsiyasining tashakkurnomalari hamda jannatmakon o‘lkamizning eng so‘lim go‘shalaridan biri hisoblangan “Zomin” sanatoriyasiga yo‘llanmalar tantanali suratda topshirildi.

Eʼtiborli, jihati sportchi va murabbiylar “Zomin” sanatoriyasida nafaqat o‘zlari, balki, ularni voyaga yetkazgan ota-onalari bilan xordiq chiqaradigan bo‘lishdi.

Anʼanaga ko‘ra, tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar esdalik uchun suratga tushdilar.   

027A9293

Quyida, “Islom birdamligi o‘yinlarida” sovrindorlar safidan o‘rin egallagan suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari berilgan:

 Oltin medallar

- Aleksey Tarasenko, Vladislav Mustafin, Eldorbek Usmonov va Xurshidjon Tursunov – 4x100 m. kompleks. (3:40.43 soniya natija bilan O‘zbekiston rekordini ham yangilashdi).

- Aleksey Tarasenko – 100 metrga erkin suzish.

Kumush medallar

- Aleksey Tarasenko – 200 m. erkin usulda suzish.

- Xurshidjon Tursunov – 50 m. erkin usulda suzish.

- Xurshidjon Tursunov – 100 m. erkin usulda suzish.

- Aleksey Tarasenko, Oybek Xo‘jayev, Eldorbek Usmonov, Xurshidjon Tursunov – 4x100 m. erkin usulda estafeta.

- Aleksey Tarasenko, Olimjon Odilov, Yegor Petryakov, Xurshidjon Tursunov – 4x200 m. erkin usulda suzish.

Bronza medallar

- Yegor Petryakov – 400 m. erkin usulda suzish.

- Eldorbek Usmonov – 100 m. batterflyay.

- Yegor Petryakov – 400 m. kompleks.

- Aleksey Tarasenko – 50 m. erkin usulda suzish.

- Afsona Niyozova, Alyona Vasilyeva, Sitora Odilova va Ulyana Nazmutdinova – 4x200 m. erkin usulda suzish.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена