Home/Press/Hamkorlar yangiliklari/Ravshan Ermatov Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan tanishdi

Ravshan Ermatov Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan tanishdi

« Back

Ravshan Ermatov Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan tanishdi 11.06.2020 00:00

Ташриф аввалида Сув спорти турлари бўйича Республика олий спорт маҳорати мактабига директор этиб тайинланган Комил Холматов меҳнат жамоасига таништирилди. Шундан сўнг Равшан Сайфутдинович сув спорти турлари мутахассисларини қийнаб келаётган муаммолар, уларга яратиб берилаётган шарт-шароитлар ҳамда истиқболдаги режалар билан қизиқди.

Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi 7 ta yo‘nalishni birlashtirgan. Bular suv sportining akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, suzish, sinxron suzish, suvga sakrash hamda suv polosi turlaridir.

Ushbu yo‘nalishlar Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan va eng asosiysi, ularda juda ko‘plab medallarni qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud. Birgina suzish musobaqalarida bitta sportchi bir musobaqada qancha medal qo‘lga kiritishi mumkinligini amerikalik afsonaviy sportchi Maykl Felps isbotlagan (u Pekin-2008da 8ta oltin medalga sazovor bo‘lib, jahon rekordini o‘rnatgan).

Ana shunday katta imkoniyatlarga esa sport turlari esa afsuski yurtimizda u qadar rivoj topmagan. Suv sporti turlari mutaxassislari bilan uchrashuvda Ravshan Ermatov bu jihatga alohida eʼtibor qaratib, mashg‘ulot jarayonlarida ilg‘or texnologiyalardan yana-da keng va samarali foydalanish, jahonning rivojlangan davlatlari tajribalarini o‘rganish va uni O‘zbekistonga ham tatbiq etish borasida kerakli tavsiyalar berdi.

O‘z navbatida trenerlar terma jamoalarga munosib zaxira tayyorlashdagi muammolar borasida to‘xtalib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda vazirlik rahbariyatidan ko‘mak so‘radi.

Do‘stona kechgan muloqotda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarimizga barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligi, eng muhimi, hukumatimiz bu borada sport sohasini hamisha qo‘llab-quvvatlab kelayotgani taʼkidlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Manba : minsport.uz


Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена