Home/Intervyu/Dinara Ibragimova: “Shogirdlarimning ishtirokidan ko‘nglim to‘ldi”

Dinara Ibragimova: “Shogirdlarimning ishtirokidan ko‘nglim to‘ldi”

← Oldingi Keyingi →
110
Dinara Ibragimova: “Shogirdlarimning ishtirokidan ko‘nglim to‘ldi”

Maʼlumki, sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari joriy yilning 16-17 fevral kunlari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Belarus ochiq chempionatida munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Mazkur musobaqa yakunlariga haqida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dinara Ibragimova o‘z fikrlarini quyidagicha izohladi.

“Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida shogirdlarimning ishtirokidan ko‘nglim to‘ldi. Ular o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatlarini ishga soldilar. Biz mazkur musobaqada rejaga asosan ish olib bordik. Asosiy maqsadlarimizdan biri joriy yil Xitoyda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish. Belarus ochiq chempionati bir vaqtning o‘zida qitʼaning eng yirik sport anjumaniga tayyorgarlik vazifasini ham o‘tab berdi. Albatta, sportchilarimizning mahoratini yana-da toblash yo‘lida hali ko‘p ishlarni amalga oshirish lozim. Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada yutuqlar bilan birga nimalar ustida yana ishlashimiz zarurligi haqida xulosaga ega bo‘ldik. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston suzish federatsiyasi rahbariyatiga bizga zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib berayotganligi uchun o‘zim va jamoamiz nomidan minnatdorlik bildirmoqchiman”, - deydi Dinara Ibragimova.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена