Home/Intervyu/Dmitriy Suskarev: “Bizning oldimizda ko‘plab masʼuliyatli musobaqalar turibdi”

Dmitriy Suskarev: “Bizning oldimizda ko‘plab masʼuliyatli musobaqalar turibdi”

← Oldingi Keyingi →
103

027A4567

Xabaringiz bor, shu kunlarda suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejining suzish havzasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda.

Sportchilarimizning bo‘lajak musobaqalarga olib borayotgan tayyorgarlik haqida terma jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Suskarev O‘zbekiston suzish federatsiyasi matbuot xizmati xodimlariga quyidagilarni so‘zlab berdi.

Dmitriy Vladimirovich, maʼlumki terma jamoamiz yil boshidan buyon deyarli uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib kelyapti. Keling, suhbatimizni dastlab Armanistonning dunyoga mashhur Saxkadzor sport bazasida tashkil etilgan yig‘in bilan boshlasak.

Armanistonda bo‘lib o‘tgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini aʼlo darajada bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘in sportchilarning umumjismoniy tayyorgarligi uchun muhim edi. Tog‘ yon bag‘irlarida tashkil etiladigan yig‘inlar sportchilar uchun koni foyda. Bu o‘z navbatida natijalarga ham samarali taʼsir ko‘rsatadi.

Toshkentda tashkil etilgan navbatdagi yig‘inda terma jamoa oldiga qanday rejalar qo‘yilgan?

Respublika olimpiya zaxiralari kollejining suzish havzasida o‘tkazilayotgan mazkur yig‘in O‘zbekiston chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘taydi. Bizning oldimizda ko‘plab masʼuliyatli musobaqalar turibdi. Mazkur musobaqalarda shogirdlarim o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashlariga ishonaman.

Maʼlumki, joriy yil Budapesht shahri (Vengriya)da suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Aytingchi, mazkur nufuzli musobaqaga boradigan tarkib aniqmi?

Yakuniy tarkib haqida gapirishga hali erta. Bu savolga 18-23 aprel kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatidan so‘ng aniq javob berish mumkin. Aynan mazkur chempionatdan so‘ng terma jamoa murabbiylari tomonidan olib borilgan tayyorgarlik jarayonlariga va sportchilarning jismoniy va ruxiy holatlariga yakuniy hulosa qilamiz. Jahon chempionatiga yo‘l oladigan tarkib ham mazkur musobaqadan so‘ng aniq bo‘ladi.

Joriy yil o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalardan yana biri – bu Xanchjou (Xitoy)da tashkil etiladigan yozgi Osiyo o‘yinlaridir. Atingchi, qitʼaning eng yirik sport anjumanida shogirdlariningizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz.

Biz bo‘lajak musobaqalarga tinimsiz tayyorgarlik olib boryapmiz. Umid qilamanki, ana shu mehnatlar o‘z so‘zini aytmay qolmaydi va Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz aʼzolari munosib ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishadilar.

O‘zbekiston suzish federatsiyasi terma jamoa aʼzolariga bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilaydi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена