Home
/
Yangiliklar
/
Intervyu
/
Erkin Maksudovich Shagayev

Erkin Maksudovich Shagayev

← Oldingi Keyingi →
36

Olimpiada-80 da suv polosi bo‘yicha SSSR terma jamoasi barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, ikkinchi marta “oltin”ni qo‘lga kiritdi, afsuski, so‘nggi marta. Ushbu g‘olib jamoa tarkibida O‘zbekiston SSRda tug‘ilgan, respublikaning birinchi olimpiada chempioni Erkin Shagayev ham bor edi.

Янгиланган жамоада Олимпиада сари

Erkin Shagayev Toshkentning “Mehnat” klubida suv polosi bilan shug‘ullanishni boshlagan. Jamoa SSSRning Oliy liga chempionatida ishtirok etgan. Shagayev bu jamoaga tantanali g‘alabalardan so‘ng uni mashhur sovet klublariga taklif qilishlariga qaramasdan sportdagi faoliyati davomida sodiq qolgan. Uni SSK VMF, “Dinamo” va MGU klublari o‘z saflariga chorlashgan edi.

“O‘zbekistonda yuqori tezlikda hujum uyushtiradigan o‘yinni targ‘ib qiluvchi o‘ziga xos suv polosi maktabi bor edi. Respublika turnirlarida eng yaxshi natijalarga erishardik: o‘smirlar jamoasi hatto Sovet Ittifoqi birinchiligini qo‘lga kiritgan edi, kattalar terma jamoasi esa 1983 yilda SSSR xalqlari Spartakiadasida bronza medallarga ega chiqqan. Shu bilan birga terma jamoa ko‘p millatli edi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Estoniya, Gruziya, Ukraina va mamlakatning boshqa hududlaridan o‘yinchilar bor edi”, - deya eslaydi sportchi.

Ilk bor Shagayevni terma jamoaga 1976 yil dekabr oyida, Monrealdagi (8-o‘rin) O‘yinlardagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng taklif qilishdi. Keyingi to‘rt yil mobaynida 52 nafar nomzod saralashdan o‘tdi. Ular qatorida toshkentlik 18 yoshli Erkin ham bor edi.

Эркин Шагаев во время олимпиады 80 в Москве

ИЗ ЛИЧНОГО АРХИВА ЭРКИНА ШАГАЕВА

Эркин Шагаев во время олимпиады 80 в Москве

Uning terma jamoa tarkibidagi birinchi turniri 1977 yil avgustdagi Yevropa chempionati bo‘lgan. Uning birinchi debyuti muvaffaqiyatli bo‘lganiga qaramasdan jamoa 4-o‘rinni ishg‘ol etgan. Keyingi Jahon chempionati (1978) va Jahon kubogida (1979) ham bunday holat kuzatilgan.

“Bu biz uchun juda og‘ir damlar edi. Jahon chempionatida menga yuqori tezlikda chidamlilik yetishmadi. O‘sha yili men juda g‘ayrat bilan shug‘ullanardim, lekin doimo charchoq sezardim. Keyinroq shifokorlar meng bu yuklamaning noto‘g‘ri taqsimlanishi va nomuvofiq mashg‘ulot jadvali ekanini aytishdi. Inson o‘z organizmini his qilishni o‘rganishi lozim. Xayriyat, 1979 yil yoziga kelib men jismoniy qiyinchilikni yengdim va natijada olimpiada terma jamoasi tarkibiga kirdim”, - deya hikoya qiladi Erkin Shagayev.

Kelajagi porloq toshkentlik o‘yinchi mamlakatning asosiy jamoasiga tasodifan kelib qolmaganini isbotladi: Italiyaning Bolyasko shaharchasidagi olimpiya o‘yinlaridan oldingi musobaqada Shagayev eng yaxshi o‘yinchi mukofotiga loyiq deb topildi.

Муҳит энг кучли рақибларни доғда қолдиришда кўмаклашди

Эркин Шагаев во время олимпиады 80 в Москве

ИЗ ЛИЧНОГО АРХИВА ЭРКИНА ШАГАЕВА

Эркин Шагаев во время олимпиады 80 в Москве

Olimpiada-80 ning barcha ishtirokchilarini Podmoskovyedagi dam olish uylariga joylashtirishdi.

“Biror narsa mashg‘ulotdan chalg‘itmaslini uchun bizni ataylab shahar shovqinidan ajratishdi. Musobaqa arafasida yagona jadval bor edi: tong saharda uyg‘onish, nonushta, mashg‘ulot, istirohat, ikkinchi mashg‘ulot, kechki ovqat, uyqudan oldingi istirohat. Lujnikovskiy basseynida tayyorgarlik ko‘rardik. U yerda olimpiya musobaqaning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tishi lozim edi. Jamoa bir kunda ikki marta u yerga avtobusda borardi – bir tomonga yo‘l 40 km”, - deya xotirlaydi Shagayev.

Эркин Шагаев во время олимпиады 80 в Москве

ИЗ ЛИЧНОГО АРХИВА ЭРКИНА ШАГАЕВА

Эркин Шагаев во время олимпиады 80 в Москве

Олимпия шаҳарчаси ҳақидаги таассуротлари

“Shaharcha muhtasham edi, barcha turar joy obyektlari va sport inshootlari maxsus Olimpiada uchun qurilgan. Moskva bo‘ylab sayr qilishga vaqt bo‘lmaganligiga qaramasdan biz Jangovar shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdik. Bundan tashqari, dam olish kunlari og‘ir mashg‘ulotlardan so‘ng jonli musiqadan bahramand bo‘lishimiz uchun artistlar olib kelingan edi.  Bu kayfiyatni ko‘tarardi. Tashkiliy jihatdan o‘sha O‘yinlar ularni o‘tkazishdagi tarixidagi eng yaxshisi desa ham bo‘ladi. Hammasi aniq-ravshan o‘tkazilgan: musobaqalar, mashg‘ulotlar, xavfsizlik, dam olish, maishiy masalalar”, - deya ishonch bilan aytadi sportchi.

XXII Олимпийские игры. Стрельба, олимпийский трап (траншейный стенд). Слева направо - бронзовая медаль Йорг Дамме (ГДР), золотая медаль Лучано Джованетти (Италия), серебряная медаль Рустам Ямбулатов (СССР).

© SPUTNIK / ФЕДОСЕЕВ

Олтин медаль сари интилиш

Iyul oyida Olimpiada boshlandi. O‘yin mezbonlari guruh bosqichidagi saralash o‘yinlarini asosan kechki payt o‘tkazishardi. Yakuniy o‘yin bo‘lib o‘tgan “Lujniki” basseyni tribunalari va Mir xiyobonida minglab tomoshabinlar to‘planardi.

“Voqeaning ahamiyatligi muhiti ufurib turardi. Biz juda yaxshi shaylangan va ruhlangan edik, masʼuliyatni his etardik. Buning uchun murabbiylarga tashakkur. Men Toshkentdagi klubda namoyish etgan o‘yin uslubi terma jamoadagidan farq qilardi. U ikki yerda men “harakatchan hujumchi” pozitsiyasida o‘ynardim. Gap turli sheriklar va raqib darajasida edi”, - deya tushuntiradi Shagayev.

Guruh bosqichida SSSR jamoasiga Italiya, Ispaniya va Shvetsiya jamoalari raqiblik qilgan. Ruhiy jihatdan italiyaliklar, amaldagi jahon chempionlari bilan o‘yin juda muhim edi. O‘shanda bu musobaqalar ham to‘rt yilda bir marotaba o‘tkazilardi, demak, unvol ham juda ahamiyatli edi.  1978 yilgi G‘arbiy Berlindagi birinchilikda SSSR terma jamoasi shohsupaga ko‘tarilishiga bir qadam qolgandi. O‘z uyida revansh olish muhim edi. Birinchi bahsda mezbonlar g‘oliblik ilib ketdi. Muvaffaqiyat bilan boshlangan o‘yin yana-da ishonch bag‘ishladi.

XXII Олимпийские игры. Водное поло. Финальный турнир. Матч СССР - Нидерланды. Момент игры у ворот сборной команды СССР

© SPUTNIK / АЛЕКСАНДР МАКАРОВ

XXII Олимпийские игры. Водное поло. Финальный турнир. Матч СССР - Нидерланды. Момент игры у ворот сборной команды СССР

Final o‘yinlarida asosiy bahs vengrlarga qarshi edi. Monrealdagi O‘yinlar g‘olibi, 1977 yilgi Yevropa chempioni va 1979 yilgi Jahon kubogi sohiblari – ular Moskadagi musobaqaning favoritlaridan biri hisoblanishardi.

“O‘sha davrda rasmiy o‘yinlarda biz vengrlarga yutqazardik, shu bois juda hayajonlandik. To‘g‘ri, raqiblarimiz ham asabiylashishardi. Buning isboti: Tamash Farago – dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri, mohir otish qobiliyatiga ega, - penaltidan to‘p kiritolmadi. Biroq biz ham imkoniyatimiz boy berdik. 1980 yilda Vengriya termasi “yulduzli jamoa”, sovet termasi esa – “jamoa-yulduz” edi: biz hammasiz bir-birimizni to‘ldirardik va raqibni 5:4 hisobida taslim qilishga erishdik. Men ikki g‘alaba goli muallifi edim. Bu g‘alabadan so‘ng men oltin medallaga ega chiqish imkoniyatiz doirasida ekanini his qildim”, - deya tan oladi Erkin Shagayev.

Летние XXII Олимпийские игры 1980 года. Бассейн спорткомплекса Олимпийский. Матч по водному поло между сборными командами СССР и Югославии. Болельщики поздравляют сборную СССР с победой.

© SPUTNIK / АЛЕКСАНДР МАКАРОВ

Летние XXII Олимпийские игры 1980 года. Бассейн спорткомплекса "Олимпийский". Матч по водному поло между сборными командами СССР и Югославии. Болельщики поздравляют сборную СССР с победой.

Keyin SSSR termasi Ispaniya, Kuba, Niderlandiya, finalda esa Yugoslaviya terma jamoalari ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

“Biz eyforiya holatida edik, shunchaki yettinchi osmonda: baxt, yengillik, g‘urur. G‘alabani vatanimizda qo‘lga kiritganimiz quvonch ustiga quvonch ato etardi. Bu sovet terma jamoasi tarixida keskin burilish edi: 1970 yillan o‘rtasidan jamoa qayta tuzilgan, Moskvadagi g‘alabadan so‘ng biz yutish kerak narsalarni yutdik. Ochig‘i, men Olimpiya chempioni bo‘lganimni biroz vaqt o‘tib angladim”, - deydi Moskvadagi O‘yinlar chempioni.

Shagayev deyarli to‘liq ishtirok etgan sakkiz o‘yindan iborat qizg‘in turnir zoye ketmadi – sportchi shu kunlar davomida uch kilogrammga ozdi.

G‘alabadan so‘ng sportchilar Olimpiada yakunlanguniga qadar bir necha kun qolishgan. Sayr qmlish va sport bayramidan bahro olish imkoni bor edi, lekin Erkin oilasini sog‘ingan edi va shuning uchun zafarning ertasi kuniyoq jonajon Toshkent shahriga uchib ketdi.

Uyda uni qahramonlardan kutib olishdi. Ertalabki soat 4 dagi reysga qaramay uni kutib olgani do‘stlari va respublika rahbari to‘plangandi.

Butun avgust oyida Erkin Shagayev uyda dam oldi, sentyabrda esa Toshkent jamoasi bilan Litvaga yangi musobaqaga otlandi. U O‘zbekistonning faxri bo‘ldi va faxriy mehmon sifatida maktab, zavod va fabrikalardagi mehnat kollektivlariga tashrif buyurardi.

“Men hamisha yoshlarni g‘alabamiz bilan ilhomlantirishga harakat qildim. Asosiysi odam sevgan ishida muvaffaqiyaiga erishi kerak, nafaqat sportda. Men sportdan shuncha mamlakatlar va butun Sovet Ittifoqini aylanib chiqqanim uchun minnatdorman”, - deydi u.

Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan “Lujniki” basseynida marmar taxtachi savlat to‘kib turibdi: unda oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoa o‘yinchilarining ismi o‘yib yozilgan.

Спортдан кейин ҳаёт

Olipiada-80 dan so‘ng g‘olib jamoa yana bir necha yillar dunyodagi eng kuchlisi edi: sovet suv polosi sportchilarining Yevropa chempionati (1983 y.), ikki marotaba Jahon kubogi (1981 va 1983 yillarda) hamda ko‘plab xalqaro musobaqalarda qo‘li baland kelgan. 1984 yildagi O‘yinlar boykoti tufayli Moskva muvaffaqiyatini takrorlash nasib etmadi. Biroq sovet sportchilari muqobil “Drujba” musobaqasi chempionlari bo‘lishdi. Shundan so‘ng Erkin Maqsudovich sportdan ketishga qaror qildi.

“Men o‘zini siqib suvi chiqarilgan mevadek his qilardim: har qalay terma jamoa tarkibida sakkizda qizhin mavsumda o‘ynadim. Oddiy bo‘lmagan, juda kuchli jismoniy mashg‘ulotga qaramasdan eng qiziqarli yillar edi. Ehtimol, yarim yil tanaffus olib, orom olib kuch to‘plaganimda keyingi olimpiadada ishtirok etishni xohlagan bo‘lishim mumkin edi. Lekin dam olishning imkoniyatini yo‘q edi, va men 25 yoshimda sportdagi faoliyatimni yakunladim”, - deydi Shagayev.

Bir necha yildan keyin Erkin Maqsudovich sport mavzusiga oid nomzodik dissertatsiyani muvaffaqiyat bilan yoqladi, lekin uni amaliy murabbiylik ish o‘ziga jalb qildi.

Семья Шагаевых в Австралии

ИЗ ЛИЧНОГО АРХИВА ЭРКИНА ШАГАЕВА

Семья Шагаевых в Австралии

Avvaliga jonajon O‘zbekistonida mehnat qildi, keyinchalik uni Avstraliyaga taklif qilishdi. U Sidneyga 1991 yil yozda xotini va ikki nafar kichik farzandi bilan keldi. Sport tufayli o‘zi ko‘rgan duyoni ularga ko‘rsatmoqchi edi. Avvaliga Shagayev Avstraliyaning suv polosi bo‘yicha erkalar jamoasining maslahatchisi edi. 1992 yilda jamoa Olimpiadada 5-o‘rinni egalladi. Shundan keyin unga o‘smirlarni tarbiyasiga olishni taklif qilishdi. U o‘smirlar bilan Jahon chempionatida (1999 y.) kumush medalga sohib chiqdi. Tez orada Shagayev Avstraliyaning kattalar jamoasini boshqardi. Uning rahbarligi ostida jamoa o‘zining eng yaxshi natijasiga erishdi – yarim final bosqichi va 1998 yildagi jahon chempionatida 4 –o‘rin.

Shuningdek, Erkin Maqsudovich Singapur terma jamoasining direktori va bosh murabbiyi bo‘lgan, Xitoyda suv polosi bo‘yicha ayollar jamoasini tayyorlagan. 2014 yildan 2016 yilgacha Rossiya erkaklar jamoasiga murabbiylik qilgan.

Эркин Шагаев с внуком в Австралии

ИЗ ЛИЧНОГО АРХИВА ЭРКИНА ШАГАЕВА

Эркин Шагаев с внуком в Австралии

Bugungi kunda olimpiya chempioni sport  maslahatchisi sifatida ishlashda davom etmoqda. Unga dunyoning turli mamlakatlaridan talab katta, lekin u ko‘p vaqtini vatanida o‘tkazadi.

“Men O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘raman: qayerda ishmayin, qalbim bilan uydaman. Bu yerda, onam, singlim va uning oilasi, amaki-tog‘alarim, amma-xolalarim, do‘stlarim bor. Esimda, bir necha oy ilgari Toshkentga kelib, shahar bo‘ylab sayr qilgandim. Bu yerda professional jihatdan ham foydam tegishini istayman: kuchim, g‘ayratim hali ham bor. Ehtimol, qachondir sportdagi yo‘lim haqida avtobiografiya yozarman. Sovet suv polosi sportchilari yirik musobaqalarda ishtirok eta olmagan davr juda qiyin edi. Men uchun “qon, ter va ko‘z yoshlar” va “mashaqqatlardan yulduzlar sari” ifodalari haqiqiy maʼnoga ega. Lekin biz natijada jamoadagi do‘stlarim bilan asosiy mukofotni qo‘lga kiritdik. Demak, barcha zoye ketmagan”, - deya xulosa qiladi Erkin Maqsudovich.

Birinchi o‘zbekistonlik Olimpiada oltin medali sohibining ishonchi komil: bu sportning kelajagi va vatandoshlarining boshqa sport turlaridagi muvaffaqiyati hali oldinda.

Tags: олимпийский чемпион
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена