Home
/
Yangiliklar
/
Intervyu
/
Erkin Shagayev. Vatanimga qaytganimdan xursandman

Erkin Shagayev. Vatanimga qaytganimdan xursandman

← Oldingi Keyingi →
35
Erkin Shagayev. Vatanimga qaytganimdan xursandman

Xabaringiz bor, suv polosi bo‘yicha 1980 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, hamyurtimiz Erkin Shagayev O‘zbekiston suzish federatsiyasi taklifiga ko‘ra yurtimizga qaytib keldi va hozirda mamlakatimiz yoshlar terma jamoasida maslahatchi murabbiy sifatida o‘z faoliyatini davom ettirishni rejalashtirgan.

Erkin Maqsudovich yurtimizga tashrifining uchinchi kuni O‘zbekiston suzish federatsiyasi mutasaddilari hamroxligida Namangan shahriga borib, u yerda bo‘lajak musobaqalarga hozirlik ko‘rayotgan terma jamoalarimiz mashg‘ulotlarini bevosita kuzatdi. Bugun Erkin Shagayev Toshkentga qaytib keldi va safar taʼsurotlari haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

“Avvalo shuni aytishim kerakki, Namangan shahriga qilgan safarim juda samarali bo‘ldi, - deydi Erkin Shagayev. O‘zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalarining tayyorgarligini bevosita kuzatdim. Bundan tashqari men uchun juda ham qadrdon bo‘lgan murabbiylar bilan ko‘rishib, ular bilan dildan suhbatlashdim. Uchrashuv davomida bir necha yosh murabbiylar bilan tanishib, ular bilan ham muloqotda bo‘ldim. Men tayyorgarlik jarayonining maʼlum bir qismini kuzatdim. Ko‘rganlarim haqida terma jamoa murabbiylariga o‘z fikr va mulohazalarimni bildirdim. O‘ylaymanki bu ular uchun foydali bo‘ladi. Yaqin kunlarda murabbiylar uchun seminar tashkil qilishni rejalashtirganmiz.  

IMG_20211028_124757

Namangan shahrida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini kuzata turib, qanday xulosaga keldingiz?

Har ikki terma jamoa aʼzolari texnik va taktik jihatdan yo‘l qo‘yilayotgan xatolar ustida qayta-qayta ishlashlari kerak. Bundan tashqari jismoniy tayyorgarlikni ham kuchaytirish lozim. Aytishadi-ku, mashg‘ulotda qiyin bo‘lsa, o‘yinda oson bo‘ladi deb.  Murabbiylar uchun tashkil etiladigan seminarda shular haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tishni maqsad qilganmiz.

Shu o‘rinda bir gapni aytmoqchiman. O‘zbekiston meni Vatanim. Menga ona yurtimdan taklif bo‘lganida, hech ikkilanmay rozi bo‘ldim. Sababi bu mening kindik qonim to‘kilgan yurt. Men uzoq yillar davomida Avstraliya, Singapur, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda suv polosi bo‘yicha terma jamoalarni boshqardim. Tabiiyki, juda katta tajriba orttirdim. Endi ana shu bilim va mahoratimni O‘zbekistonda suv polosini yana-da rivojlantirishga safarbar qilmoqchiman. Bir so‘z bilan aytganda Vatanimizga qaytganimdan juda ham xursandman”.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена