Home/Intervyu/Suv polosi. Terma jamoamiz Rossiya ochiq chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda

Suv polosi. Terma jamoamiz Rossiya ochiq chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda

← Oldingi Keyingi →
64

027A8562

Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi joriy yilning 3-7 mart kunlari Xanti-Mansiysk shahrida o‘tkaziladigan Rossiya ochiq chempionatining beshinchi tur o‘yinlariga poytaxtimizda hozirlik ko‘rmoqda.

“Avvalo, bo‘lajak musobaqalarga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rishimiz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berayotgan O‘zbekiston turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Respublika suzish federatsiyasiga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Garchi tarkibimiz yosh vaterpolchilardan iborat bo‘lsada, qizlarimiz Rossiya ochiq chempionatining oliy ligasida qatnashish xuquqini qo‘lga kiritishdi. Avvalgi turlarda shunday o‘yinlar bo‘ldiki, biz g‘alabaga juda-juda yaqin keldik. Ammo shogirdlarimizga mana shunday pallada biroz tajriba yetishmadi. Rossiya ochiq chempionati aynan sportchilarimiz uchun mahoratlarini yana-da toblashlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda biz sportchilarning texnik-taktik tayyorgarliklarini yana-da mustahkamlayapmiz”, - deydi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Akbar Sodiqov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya ochiq chempionatining beshinchi turida vakillarimiz Moskva viloyatining “Shturm 2002”, Xanti-Mansiyskning “Yugra”, Sankt-Peterburgning “Diana” va Kirishi shahrining “Kinef 2” jamoalari bilan kuch sinashadi.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена