Home/Intervyu/Suvga sakrash. Bo‘lajak musobaqalarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Suvga sakrash. Bo‘lajak musobaqalarga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

← Oldingi Keyingi →
77

027A3021

Suvga sakrash bo‘yicha mamlakatimiz sportchilari joriy yilda ham Respublika va xalqaro miqyosidagi ko‘plab musobaqalarda ishtirok etishadi. Ayni paytda yurtimizning barcha hududlarida bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilyapti.

Jumladan, poytaxtimizdagi “Sahovat sport servis” suzish havzasida tajribali murabbiy Sevara Miryoqubova boshchiligida bir guruh sportchilarimiz tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishyapti.

“Biz uchun birinchi start mart oyida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati bo‘ladi. Hozirda mazkur musobaqaga qizg‘in hozirlik ko‘ryapmiz. Mamlakat chempionati o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etiladi. Unda o‘z isteʼdodini har tomonlama namoyon eta olgan sportchilar terma jamoalar yig‘iniga jalb etiladilar va yil davomida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shunday ekan, O‘zbekiston chempionatida har bir yosh guruhida bellashuvlar o‘ta murosasiz kechishidan darak beradi”, - deydi Sevara Miryoqubova. 

O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik kuniga ikki mahal tashkil etilgan bo‘lib, sportchilar dastlab jismoniy mashqlar orqali badanlarini qizdirib olishsa, shundan so‘ng basseynda amaliy mashg‘ulotlarga kirishiladi.

Sportda yuqori natijaga erishishni istasang, mashg‘ulot paytida o‘z ustingda ishlashdan to‘xtama degan gap bor. Mashg‘ulotlarni kuzatar ekanmiz, sportchi va murabbiylar bo‘lajak musobaqaning nufuzi va ahamiyati nechog‘lik yuqori ekanligini to‘g‘ri anglagan holda tayyorgarlikka zo‘r berishyapganligiga guvoh bo‘ldik.

Umid qilamizki, bu o‘z navbatida ichki va xalqaro musobaqalarda albatta o‘z mevasini beradi. Bu yo‘lda sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена