Home
/
Yangiliklar
/
Intervyu
/
"Yoshlikdagi og'ir jarohat bolmaganda, balkim sport gimnastikasida qolgan bolar edim"

"Yoshlikdagi og'ir jarohat bolmaganda, gimnastikada qolgan bolar edim"

← Oldingi Keyingi →
149
"Yoshlikdagi og'ir jarohat bolmaganda, balkim sport gimnastikasida qolgan bolar edim"

Boshlanish

Bolaligimda men figurali uchish sporti bilan shug'ullanishni juda xohlar edim, lekin biz "Yubileiny" degan muz saroyidan uzoqda yashar edik va meni olib yurishka hech kim yo'q edi, chunki ota-onam ertalabdan kechqurungacha ishlardilar. Barchasini bir hayot taqozosi o'zgartirdi. Birinchi sinfda bizning darsimizga gimnastika bo'yicha murabbiy keldi va men unlarning ko'zlariga tushib qoldim. Ota-onam bilan suhbatdan so'ng meni Gimnastika sport maktabiga qabul qilishdi. Va mening sport faoliyatim boshlandi. Men haqiqatan ham ushbu sportga oshiq bo'ldim. Tuman, keyin shahar musobaqalaridan boshlanib, mehnatsevarligim, tirishqoqligim bilan O'zbekiston SSR terma jamoasiga kirdim. SSSR chempionatlarida qatnashtim, O'zbekiston SSR termasi bilan bir necha karra chempioni bo'ldim. Gimnastika bilan shug'ullanib, ba'zan sport akrobatikasi bo'yicha O'zbekiston SSR terma jamoasiga yordam berib, musobaqalarda qatnashganman. Menda SSSR sport ustasi unvoni bor, va sevimli sportimga 15 yil umrimni berdim.

Afsuski, katta sport jarohatlarsiz o'tmaydi. Umurtqaning murakkab jarohati tufayli sevimli sportimda murabbiy bo'lolmadim. Biroz vaqt o'tgach, meni sinxron suzish bo'yicha jismoniy tarbiya va xoreografiya bo'yicha murabbiy sifatida ishga taklif qilishdi. Avvaliga bu "Burevestnik" nomli jamiyat edi, keyinchalik kasaba uyushmasi tashkilotiga aylandi. U erda ishlaganimda men yangi sport turiga chuqurroq kirib bordim.

 

Sinxron suzishda nima qiziqtirib qoyganligi haqida

Sinxron suzish menga ushbu sport turi gimnastika, akrobatika, trambolin, raqs, balet kabi turlarni o'z ichiga olganligi bilan qiziqtiradi. Va, albatta, hamma narsa yangi, har doim juda qiziq. Ish juda qizgin. Dasturlar, solistlar uchun reja tayyorlash, duetlar va guruhlarni musobaqalarga muntazam ravishta tayyorlash va ishtirok etish. Taqdir menga ijobiy munosabatda bo'ldi va men hozir murabbiy sifatida ish yuritvoman.

 

Murabbiy bo'lish nimani anglatishi haqida

Murabbiy bo'lish - bu avvalambor bolalarni sevish va ularga tanlangan sport turiga muhabbat uyg'otishdir. Men shaxsan (bosh murabbiy sifatida emas) har doim qanday qilib "haykaltarosh"-ga ohshab - yosh suzuvchilarni shakllantirishni, "kichkina suv parisi" ni yaratishni, keyin uning shahs sifatida o'sishni va o'zgarishining ko'rishni yaxshi ko'raman - yaqinda sizga juda yosh qiz bo'lib kelgan, hech narsa bilmaydigan, lekin bir lahzadan so'ng, musobaqalarda qatnashadigon sportchiga o'zgarishni sevaman. Bularning barchasini o'z ko'zingiz bilan ko'rib, guvoh bo'lish juda arziydi! Bundan tashqari, har bir bola individual ekanligini va hamma ham katta sportchi bo'lishini tushunish kerak, ammo ular sport orqali hayotda ko'p narsalarga erishishlari mumkin. O'qitish jarayonida kelajakni ko'rish va oldindan qobiliyatini rivojilantirish yo'llarini bilish zarur. Bularning barchasi meni murabbiylik faoliyatiga jalb qiladi.

photo5280704634970811670

Sinxron suzish haqida

Sinxron suzish qiyin sport turi. Jamoa allaqachon katta sport tajribasiga ega bo'lgan katta yoshdagi qizlarga ega, ammo ular har doim ham start oldidan hissiyot va tashvishlarni engishga qodir emasliklari bu tabiy. Sinxron suzish ham jamoaviy sport turi, ham individualdir, barchasi siz nimada qatnashishingizga bog'liq. Masalan, duetda siz juft bo'lib ishlashingiz kerak va albatta siz birdak bo'lishga qodir bo'lishingiz kerak. Bu oson emas. Uzoq vaqt davomida birga suzish va birgalikda shug'ilanish kerak, bu erda his-tuyg'ularga, yomon kayfiyatga va boshqa chalg'itadigon ommilarga berilib bo'lmaydi, hammasi bir reja bo'yicha ketishi kerak. Bir-biringizni qollab-quvatlab, xursandchiliklarni bo'lish, hamdard bo'lish, bir-biringiz uchun tog' bo'lishingiz kerak. Guruh dasturlariga kelsak, biror narsa deyish qiyin, buning uchun yana bir intervyuga gap toplanadi. Dasturda sakkizdan o'n kishi ishtirok etadi. Jamoaviy ruh bu erda juda muhim! Bu sinxron suzishning eng qiyin qismi. Oldin aytib o'tkanimdek, menimcha, har bir sportning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor va sinxron suzish ham bundan mustasno emas. Sport ruhi va eng yaxshi natijaga erishish uchun ko'pchilikni oxirigacha kurashishga undaydi.

 

Qiziqarli hikoya

 Men murabbiy sifatida toqnashib kelgan bir qiziq voqeani aytib beraman. Budapeshtda bo'lib o'tgan 2017 yildagi Jahon chempionatida jamoamizning qo'shma dastur chiqishida sportchilar tasodifan burindagi "qisqich" tushurvorib qo'yishdi (qisqichsiz texnik elementlarni bajarish ota mushkul, chunki sportchilar pastga qarab suzishadi). Dasturning faqat yarmi o'tib bolgan edi. Ammo bizning, Anastasiya Ruzmetova, zaxira "qisqich" qo'yish uchun vaqt topolmay, dasturni uzilishsiz yakuladi va buni hech kim payqamadi. Buni men sport ruhi, katta tajriba va chiqish paytida butun jamoa uchun mas'uliyat deb hisoblayman.

photo5280704634970811668

Mening Orzuim

Menimcha, har bir sportchi va murabbiy Olimpiya o'yinlariga kvalifikaciyadan o'tishi - bu orzu-niyat. Zamonaviy o'zbek sinxron suzish tarixida Olimpiya o'yinlariga hali litsenziya olinmagan. Biz, milliy terma jamoa murabbiyilari, ushbu orzuni amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz.

Suratlar Fayzullayeva E.T.ning shaxsiy arxivlaridan olingan.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена