Home
/
Yangiliklar
/
Maqolalar
/
“Baltimor o‘qi” yoki siz bilgan va bilmagan Maykl Felps

“Baltimor o‘qi” yoki siz bilgan va bilmagan Maykl Felps

← Oldingi Keyingi →
0
120

Olimpiya o‘yinlarida ham shaxsiy, ham jamoaviy musobaqalar g‘oliblari olimpiya chempionlari unvoniga ega bo‘ladi. Bunda bitta Olimpiya o‘yinida jamoaviy sport turlari va ixtisoslashishga ko‘ra ayrim shaxsiy musobaqalarda faqat bir marta Olimpiya chempioni bo‘lish mumkin bo‘lsa, boshqa shaxsiy musobaqalarda sportchilar besh marta va undan ham ko‘proq Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‘la olishadi.

Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p oltin medalga ega sportchi – amerikalik suzuvchi Maykl Felpsdir. U 23 karra Olimpiya chempionidir (13 marta – shaxsiy musobaqalarda va 10 marta – estafetalarda). Paavo Nurmi, Larisa Latinina, Mark Spits, Karl Lyuis to‘qqiz martadan Olimpiya chempionlari bo‘lganlar.

Maykl Felps, shuningdek 50 metrli suzish havzasida 26 karra jahon chempioni va ko‘p marta jahon rekordchisidir. Shuning uchun uni “Baltimor o‘qi” yoki “Uchuvchi baliq” deb nomlashadi. Unga, ayniqsa erkin va batterflyay usulda suzish, shuningdek kompleks suzishda teng keladiganlar topilmagan.

Maykl Felps AQSHning Baltimor shahri shimolidagi Tousonda tug‘ilgan. Suzish bilan 7 yoshdan boshlab shug‘ullangan, 10 yoshligida o‘zining yosh guruhida AQSHning milliy rekordini o‘rnatgan. Maykl Felps trener Bob Bouman rahbarligida mashq qilgan. 15 yoshligida 2000 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, keyingi 68 yilda Olimpiyalarda AQSH terma jamoasi safida ishtirok etgan birinchi eng yosh sportchi bo‘lgan. O‘sha Olimpiadada u 200 metrga batterflyay ususlida suzishda final musobaqalarida beshinchi o‘rinni egallagan.

2001 yil 30 martda suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionatida Maykl Felps 200 metrga batterflyay usulida suzishda jahon rekordini o‘rnatgan. Shu tarzda u 15 yoshu 9 oyligida suzish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatgan birinchi sportchi bo‘lgan.

2004 yilda Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 19 yoshli Felps sakkizta medal sohibi bo‘lgan, ularning oltitasi oltin va ikkitasi bronza medali edi. Shu bilan birga uchta Olimpiya o‘yinlari va bitta jahon rekordlarini o‘rnatgan. Bundan tashqari sportchining bitta Olimpiadada qozongan sakkizta medali mashhur gimnastikachi Aleksandr Dityatin tomonidan 1980 yilda Moskva Olimpiadasida o‘rnatilgan rekordning takrorlanishi bo‘lgan.

Maykl Felps 2008 yilda Pekinda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida o‘zi qatnashgan barcha sakkizta musobaqada g‘olib chiqqan. Bu bilan u Mark Spitsning Myunxendagi 1972 yilgi rekordini (bir Olimpiadada yetti oltin medal) yangilagan. Natijada u 14 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. Bu bilan u fin yengil atletikachisi Paavo Nurmi, amerikalik yengil atletikachi Karl Lyuis va o‘z sport turi bo‘yicha vatandoshi Mark Spitsni orqada qoldirib, zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining eng ko‘p marta chempioniga aylangan.

2012 yilda Londonda o‘tkazilgan Yozgi Olimpiadada Maykl Felps qozongan barcha olimpiya medallarining soni bo‘yicha (22 ta) Olimpiya o‘yinlari barcha sport turlari bo‘yicha 48 yil davomida o‘zgarmay turgan mashhur gimnastikachi Larisa Latininaning rekordidan (18 ta olimpiya medali) o‘zib ketgan.

Rio-de-Janerodagi 2016 yilgi Yozgi Olimpiadada esa Felps yana beshta oltin medal sohibi bo‘lgan. U 200 metrga kompleks suzish bo‘yicha musobaqada g‘olib chiqib, birinchi marta bir sport turida bir masofaga suzishda to‘rtta Olimpiada chempioniga aylangan.

2004 yilda Maykl Felpsning tug‘ilgan shahri – Baltimordagi ko‘chalardan biriga uning nomi berilgan.

Manba : olympic.uz

 

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена