Home
/
Yangiliklar
/
Maqolalar
/
Olimpiya o‘yinlari afsonalari: "Mo‘ylovdor akula"

Olimpiya o‘yinlari afsonalari: "Mo‘ylovdor akula"

← Oldingi Keyingi →
0
74
Olimpiya o‘yinlari afsonalari: "Mo‘ylovdor akula"

 

Mark ikki yoshligidayoq Gonoluludagi mahalliy plyajda har kuni suzardi. 1956 yilda uning oilasi Sakramentoga ko‘chib o‘tishdi. U bu yerda 8 yoshligida suzish bo‘yicha mahalliy sport seksiyasiga qatnay boshladi. Keyinroq «Santa Clara Swim Club» o‘smirlar klubiga aʼzo bo‘ldi. Uning ustozi Markdan tashqari yana oltita Olimpiya chempionlarini tarbiyalagan Sherm Chavur edi.

Mark Spits Mexikoda 1968 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bahsida 100 metrga batterflyay va erkin usulda suzish yo‘nalishida ishtirok etdi. Ungacha hech kim suzish musobaqalarining ikki turida ishtirok etishga jurʼat etmagan. Shunga qaramasdan amerikalik suzuvchi suv sportining bu har ikki turida ham oltin medallarni qo‘lga kirita oldi. Chunonchi, Mark AQSH terma jamoasining erkin uslubda 4x100 va 4x200 metr masofada kechgan estafetadagi g‘alabasida ham hal qiluvchi hissa qo‘shgan. Shu bilan birga yuqorida qayd etilgan yakkalik yo‘nalishlarida bronza medallariga egalik qilgan.

1968 yildan 1972 yilgacha Mark Spits juda ko‘p musobaqalarda g‘olib bo‘ldi, bir nechta jahon rekordlarini o‘rnatdi. 1971 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining buyuk havaskor sportchilarga beriladigan J.Sallivan nomidagi mukofot sohibi bo‘ldi.

1972 yil Myunxenda o‘tkazilgan Olimpiadada Mark Spits shaxsiy birinchilikda to‘rtta (100 va 200 metrga erkin, 100 va 200 metrga batterflyay uslubida suzish) oltin medalni hamda jamoa hisobida uchta (4x100, 4x200 metrga erkin uslubda va 4x100 metrga aralash estafetada) oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zi qatnashgan ana shu yetti musobaqaning hammasida u jahon rekordlarini ham o‘rnatdi.

33 karra jahon rekordchisi, 9 karra Olimpiada chempioni – Mark Spitsning bu natijalariga Maykl Felpsdan boshqa hech kim yaqinlasha olmagan.

   

Mark Spits 1969, 1971 va 1972 yillarda jahonning eng yaxshi suzuvchisi deb eʼtirof etilgan. Suzuvchi 1972 yilda Olimpiya o‘yinlaridan keyin katta sportni tark etgan. Biroq u kutilmaganda 1992 yilgi Olimpiadada ishtirok etishga jurʼat qildi. Niyatining nihoyatda jiddiyligini hatto mashhur mo‘ylovini qirdirib tashlaganidan ham bilish mumkin edi.

Lekin u yosh sportchilar bilan tengma teng kurasha olmagan. AQSH terma jamoasi aʼzolarini Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqalarida 100 metrga batterflyay uslubida suzishda 55,5 soniya natijasini ko‘rsatish kerak bo‘lgan, Maks esa 58,03 soniya natijasini qayd etdi. Shundan so‘ng u katta sportni uzil-kesil tark etgan.

Ammo uning sport olamidagi xizmatlari unutilmadi. XX va XXI asrlar to‘qnash kelganida o‘tmish yuz yillikning eng yaxshi sportchilari aniqlanayotgan paytda uni jahonning yigirmanchi asr eng yaxshi oltita sportchisi qatoriga kiritishgan va asrning dunyodagi eng yaxshi suzuvchisi deb eʼtirof etilgan. O‘sha paytda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ham Mark Spitsni XX asrning jahonning besh eng yaxshi sportchilaridan biri deb eʼlon qilgan.

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена