Home/Yangiliklar/Ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilari haqida

Ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilari haqida

← Oldingi Keyingi →
83

лого пост

2022 yilning 22 sentyabr kuni Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha X Osiyo chempionati bahslari boshlanadi.

Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur qitʼa chempionatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Bangladesh, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Hindiston, Ummon, Tojikiston, Quvayt, Falastin va Eron kabi 14 ta davlatdan jami 45 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Ular orasida Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlarini ham borligi musobaqalarni nechog‘lik murosasiz o‘tishidan dalolat beradi.

Mazkur Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini jami 7 nafar ( 4 nafar erkak – 3 nafar ayol) sportchi himoya qiladi.

Maʼlumot uchun. Ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha X Osiyo chempionatida ishtirokchilar 5 va 10 kilometr masofaga suzish bo‘yicha musobaqalarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Qitʼa chempionati 24 sentyabrga qadar davom etadi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена