Home/Yangiliklar/Ochiq suv havzasida suzish. Osiyo chempionati

Ochiq suv havzasida suzish. Osiyo chempionati

← Oldingi Keyingi →
5

Maʼlumki, joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari ko‘xna va hamisha navqiron Samarqand shahrida ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari o‘tkaziladi.

O‘ninchi bor tashkil etilayotgan mazkur qitʼa chempionatida O‘zbekiston, Yaponiya, Eron, Xindiston, Qozog‘iston, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Iroq, Ummon, Tojikiston, Quvayt, Bangladesh va Falastin kabi o‘ndan ziyod davlatlarning terma jamoalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Bu kabi nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu uchun eng avvalo chempionatni yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur barcha shart-sharoitlar bilan birga, musobaqa o‘tayotgan yurtda tinchlik-osoyishtalik xukmron bo‘lishi talab etiladi. Shukurlar bo‘lsinkim, yuqorida sanab o‘tilgan barcha muhim jihatlar bizda mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo suzish federatsiyasi shafeligida o‘tadigan mazkur qitʼa chempionatida ishtirokchilar 5 hamda 10 kilometr masofaga suzish musobaqalarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

O‘ta murosasiz kurashlar ostida kechishi kutilayotgan Osiyo chempionati bahslarini O‘zbekiston suzish federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlari orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена