Home/Yangiliklar/“Osiyo bolalari-2022”. Suzish musobaqasida yana bir medal

“Osiyo bolalari-2022”. Suzish musobaqasida yana bir medal

← Oldingi Keyingi →
23

photo_2022-07-31_10-58-58

Avval xabar qilganimizdek, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Osiyo bolalari-2022” xalqaro sport o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Eʼtiborlisi, o‘ta kuchli raqobat ostida kechayotgan mazkur musobaqalarda har kuni sovrindorlar safidan O‘zbekiston sportchilari ham o‘rin egallashmoqda.

Jumladan, suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan bahslarda ham sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz safi kengayib boryapti.

“Osiyo bolalari-2022” o‘yinlarining birinchi kuni delegatsiyamiz hisobiga dastlabki medalni Asadbek Abdumalikov keltirgan edi. Isteʼdodli sportchimiz 200 metr masofaga batterflyay usulida suzishda kumush medalga sazovor bo‘lgandi.

Ikkinchi kungi bahslarda delegatsiyamiz hisobi yana 5 ta medal bilan boyidi. Sovrindorlar orasidan suzish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi aʼzosi Daler Sufyanov ham joy oldi.

Bugun musobaqalarning uchinchi kuni yosh sportchilarimiz navbatdagi medallar bilan delegatsiyamiz xazinasini boyitishmoqda. Ular orasida suzish bo‘yicha o‘smirlar terma jamoamizning yana bir aʼzosi Ulyana Nazmutdinova ham bor. Ulyana 100 metr masofaga chalqancha usulda suzishda belgilangan masofani 1:06,75 soniyada suzib o‘tib, bronza medali sohibasi bo‘ldi.

Musobaqalar davom etmoqda. Bo‘lajak bahslarda ham hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена