Home/Yangiliklar/Osiyo chempionati yakunlandi

Osiyo chempionati yakunlandi

← Oldingi Keyingi →
97

027A1838

Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan X Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Ikkinchi kungi bahslarda ishtirokchilar 10 kilometr masofaga suzishda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Maʼlumki, ushbu masofaga suzishda sportchidan juda katta iroda va tajriba talab etiladi.

027A2025

Anʼanaga ko‘ra, birinchi bo‘lib startga erkaklar chiqishdi. Mazkur musobaqada jami 21 nafar sportchi bahslarga kirishdilar. Ular orasidan uch nafar sportchimiz – bular Abdujalil Abdug‘aniyev, Nikita Kornilov va Bekmurod Kenjayev o‘rin egallashdi.

027A2088

Musobaqa kutilganidek o‘ta kuchli raqobat ostida kechdi. Qizg‘in kechgan bahslarning yakunlariga ko‘ra birinchi bo‘lib marraga yaponiyalik Taishin Minamide yetib keldi. U belgilangan masofani 1 soatu 58 daqiqa 21.2 soniyada suzib o‘tdi. Kumush medalni Xitoy Taypeyi vakili Cho Cheng Chi (1 soat 58 daqiqa 21.5 soniya) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikka kunchiqar yurtning yana bir sportchisi Taiki Nonaka yakun yasadi. O‘n kilometr masofani u 1 soatu 58 daqiqa 35.8 soniyada suzib o‘tdi.

Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga Nikita Kornilov erishdi. Iqtidorli sportchimiz belgilangan masofani 2 soatu 20 daqiqa 40 soniyada suzib o‘tib, 13-natijani qayd etdi.

027A2002

Xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda jami 15 nafar sportchi bahslarga kirishdi. Mazkur musobaqada eng yuqori natija (2 soatu 07 daqiqa 27.2 soniya)ni qayd etgan Xitoy Taypeyi vakilasi Yu Wen Teng Osiyo chempionidek sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

027A2819 027A2841

Ikkinchi o‘rinni gonkonglik Yin Tsz Nip (2 soatu 07 daqiqa 30.6 soniya) band etgan bo‘lsa, bronza medali qozog‘istonlik Mariya Fedodovaga nasib qildi. U ushbu masofani 2 soatu 08 daqiqa 38.9 soniyada suzib o‘tdi.

Musobaqalar so‘nggida barcha g‘olib va sovrindorlarga Osiyo chempionatining medal va esdalik sovg‘alari tantanali suratda topshirildi.

027A2916

Taqdirlash marosimida Osiyo suzish federatsiyasi Bosh kotibi Taxa Al-Kishri, O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston suzish federatsiyasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Shu tariqa, ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha X Osiyo chempionati bahslari yakunlandi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена