Home/Yangiliklar/Osiyo chempionatining birinchi kuni startga chiqadigan sportchilar aniqlandi

Osiyo chempionatining birinchi kuni startga chiqadigan sportchilar aniqlandi

← Oldingi Keyingi →
98

лого пост

Xabaringiz bor, ertaga Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida ochiq suv havzasida suzish bo‘yicha kattalar o‘rtasida X Osiyo chempionati bahslari boshlanadi. Qitʼa chempionatining birinchi kuni 5 kilometr masofaga suzish bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

Erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan musobaqada 24 nafar, xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan bahslarda esa 16 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Erkaklar o‘rtasida tashkil etiladigan musobaqada Vatanimiz sharafini Abdujalil Abdug‘aniyev, Vyacheslav Shkretov va Nikita Kornilov (Bekmurod Kenjayev zaxira sportchi) himoya qilishadi.

Umuman erkaklar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolaridan tashqari Ummon, Tojikiston, Qozog‘iston, Yaponiya, Iordaniya, Eron, Bangladesh, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Iroq, Quvayt va Falastin terma jamoasi aʼzolari ham startga chiqadilar.

Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan bahslarda esa O‘zbekiston sharafini Parizoda Iskandarova, Anastasiya Zelinskaya hamda Muslima Jumaboyeva himoya qiladilar.

Mazkur musobaqada, shuningdek, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy Taypeyi, Gonkong, Iordaniya, Yaponiya va Bangladesh terma jamoasi aʼzolari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Birinchi kungi musobaqada startga chiqadigan sportchilar ro‘yxati bugun kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maʼlum qilindi.

Biz esa bo‘lajak musobaqalarda hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

 

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена