Home/Yangiliklar/O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitovni tabriklaymiz!

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitovni tabriklaymiz!

← Oldingi Keyingi →
2

photo_2022-07-30_10-04-12

Bugun O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bahodir Maxsitovich Maxsitov 1948 yil 30 iyul kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1976 yil Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Bahodir Maxsitovich universitetni tamomlagach uzoq yillar sud-huquq tizimida, shu jumladan, Shayxontohur tumani va Toshkent shahar sudida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bir necha lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

1994-1995 yillar Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi, 1995-2002 yillar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2002-2003 yillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida ishladi.

2020 yil dekabrdan O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi lavozimida o‘zbek sporti rivoji uchun xizmat qilmoqda. Uzoq yillardan beri Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan B.Maxsitov Davlatimizning “Mehnat shuhrati” ordeni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston suzish federatsiyasining ahil jamoasi Bahodir Maxsitovni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi va u kishiga eng avvalo mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, O‘zbekiston sportining ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlarida esa omad va zafarlar tilaydi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена