Home/Yangiliklar/O‘zbekiston suzish federatsiyasi raisi, senator Q.S.Sanakulovning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

O‘zbekiston suzish federatsiyasi raisi, senator Q.S.Sanakulovning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

← Oldingi Keyingi →
37

photo_2021-09-30_15-22-33

Avvalo, barchangizni Bahorning ilk bayrami, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, dasturxoningizga qut-baraka, o‘zingizga esa ayollik, onalik baxtini tilab qolaman!

Maʼlumki, barcha sohalarda bo‘lgani kabi yurtimizda suv sporti turlarini rivojlantirishda ham aziz va muxtaram xotin-qizlarimizning o‘rni beqiyos. Ularning fidokorona mehnati, maqsad sari intiluvchanligi natijasida mamlakatimizning sport sohasidagi qudrati va salohiyati, xalqaro maydonlardagi obro‘-eʼtibori tobora ortib bormoqda.

Eʼtiborlisi, bugungi kunga kelib sinxron suzish, suvga sakrash, suv polosi va suzish kabi sport turlarida ham turli yoshdagi terma jamoalarimizning xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda erishayotgan natijalari tobora yuksalib bormoqda. Buning zamirida Siz aziz opa-singillarimizning mehnati, shijoatini alohida eʼtirof etamiz, qadrlaymiz. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, Siz hech qachon bugungi muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qolmaysiz va yangidan-yangi marralar sari dadil qadam tashlashda davom etasiz. Bu yo‘lda ham Siz azizlarda omad va zafarlar tilab qolaman.

Aziz va muhtarama opa-singillar!

O‘zbekiston suzish federatsiyasining ahil jamoasi nomidan Siz azizlarni yana bir bor 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Niyatimiz har bir kuningiz bayram, har bir oningiz bahor bo‘lsin! Doimo bahor gullariday chiroyli, nafis, go‘zal va betakror bo‘lishingiz tilakdoshmiz!

Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda bo‘lsin!

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена