Home
/
Yangiliklar
/
Press-relizlar
/
Yangi yillingiz muborak bo'lsin!

Yangi yillingiz muborak bo'lsin!

← Oldingi Keyingi →
68
Yangi yillingiz muborak bo'lsin!

Aziz vatandoshlar hamda xalqaro do'stlar!

 2020 yil bizning sog'ligimizga ta'sir ko'rsatadigan juda og'ir yil bo'ldi va butun dunyo bo'ylab suv sporti turlarini qiyin hamda murakkab vaziyatga tushirib qoydi.

Shunga qaramay, O'zbekiston Suzish Federatsiyasi FINA va OSF bilan hamkorlikda O'zbekistonda suv sportini rivojlantirishda yana bir qadam tashlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Yil boshida biz murabbiylar va sportchilar uchun katta hurmatga sazovor bo'lgan murabbiy-konsultant - doktor Genadijus Sokolovas bilan Yanvarda, Fevralda esa hakamlar uchun suvga sakrash boyicha FINA maktabini tashkil qildik, songra butun dunyo karantinga ketdi. Pandemiya holatiga qaramay, biz siznxron suzish, suvga sakrash hamda suv polosi bo'yicha turli xil vebinarlar tashkil qilib, aloqada bo'lishga harakat qilib, barcha kerakli ma'lumotlarni yangilab borishga harakat qildik.

 Biz bitta fikrni belgilamoqchimiz. Noyabr oyidan boshlab 6 ta yirik respublika musobaqalarini tashkil etdik, ulardan biri xalqaro sportchilar bilan bo'lgan. Biz yangi tashabbuslarni ilgari surish, har xil xalqaro tadbirlarni ko'paytirish uchun harakatni davom ettiramiz, bu butun dunyo bo'ylab, ayniqsa butun O'zbekistonda suv sportining faol rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo'lishi kerak!

 Bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan va O'zbekistonda suv sporti sport turlari jamiyatda tobora ommalashib borishiga yordam beradigan har bir kishiga va tashkilotga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
 
Umid qilamizki, 2021 yilda barcha xalqaro tadbirlar bo'lib o'tadi, va suv sportini rivojlantirishda O'zbekiston sportchilari ishtirok etadi!

 Barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2021 yil bilan samimiy muborakbod etamiz, tinchlik va farovonlik tilaymiz, eng yuqori sport yutuqlari yo'lida mustahkam sog'lik va so'nmas umid olovini tilaymiz.

Yangi yilingiz bilan!

Hurmat ila,

O'zbekiston Suzish Federatsiyasi

Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:
*
Спасибо! Форма отправлена