Home/Yangiliklar/Sinxron suzish. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Sinxron suzish. O‘zbekiston chempionati yakunlandi

← Oldingi Keyingi →
10

027A3611

Poytaxtimizda sinxron suzish bo‘yicha 2008 yilda tug‘ilgan va undan katta yoshdagi sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionati bahslari yakuniga yetdi. Uch kun davomida o‘tkazilgan bu yilgi O‘zbekiston chempionatida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Andijon hamda  viloyatlaridan kelgan jami 64 nafar sportchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bordi.

027A3942

Chempionatning so‘nggi kuni erkin ijro bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, yakka chiqishlarda Gulsanam Bukina va Vyacheslav Rudnev, duet bahslarida Anna Vashenko va Ziyodaxon Toshxo‘jayeva hamda miks duetda Rayxona Ergasheva va Mixail Xan juftligi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Jamoaviy bahslarda Toshkent shahri va Andijon viloyati sportchilarining chiqishlari hakamlar tomonidan eng yuqori ballga loyiq topildi. So‘nggi kungi bahslarda, shuningdek, Diana Onkes va Ziyodaxon Toshxo‘jayeva hamda Rayxona Ergasheva va Mixail Xan dueti birinchi o‘rinni egalladi.

027A3583

“Bu yilgi chempionatda sovrinli o‘rinlar uchun kurash avvalgi yillarga qaraganda yana-da shiddatli kechdi. Bu esa sportning ushbu turi yurtimizda keng rivojlanib, iqtidorlar safi kengayib borayotganligidan dalolat beradi. Yangidan-yangi nomlar kashf etildi. Bir qator yangi dasturlarni muxlislarga namoyish etdik. Bir so‘z bilan aytganda chempionat kutilgandanda kuchli raqobat ostida kechdi va bir necha yosh, iqtidorli sportchilarni terma jamoaga jalb etishni rejalashtirdik”, - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dinara Ibragimova.

027A4021 027A4015 027A4005

Joriy yil sinxron suzuvchilarimiz qator xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilishadi va endilikda terma jamoamiz aʼzolari bo‘lajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni boshlaydilar.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена