Bugun Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslariga start beriladi. Xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada jami 16 terma jamoa to‘rtta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishadilar.
Eʼtiborlisi, ular orasidan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham o‘rin egallagan. Akbar Sodiqov boshchiligidagi terma jamoamiz “V” guruhida AQSH, Yaponiya va Gretsiya yoshlar terma jamoalari bilan kuch sinashadilar.
Quyida jahon chempionatining birinchi kuni bahs yuritadigan juftliklar berilgan:
“A” guruhi:
Qozog‘iston – Italiya
Turkiya – Vengriya
“B” guruhi:
Yaponiya – Gretsiya
O‘zbekiston – AQSH
“C” guruhi:
Janubiy Afrika – Niderlandiya
Kanada – Avstraliya
“D” guruhi:
Xorvatiya – Ispaniya
Serbiya – Yangi Zelandiya
Jahon chempionatini O‘zbekiston suzish federatsiyasining rasmiy (https://t.me/aquatics_uz) telegramm kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.