Home/Yangiliklar/Suv polosi. Chorak final yo‘llanmasi uchun Italiya terma jamoasi bilan kuch sinashamiz

Suv polosi. Chorak final yo‘llanmasi uchun Italiya terma jamoasi bilan kuch sinashamiz

← Oldingi Keyingi →
24

027A7714 (2)

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida gruhu bahslari yakuniga yetib bormoqda.

Avvalroq guruh bosqichining so‘nggi turida Akbar Sodiqov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yaponiyalik vaterpolchilarni 19:11 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolganliklari haqida xabar bergandik.

Endi terma jamoamiz aʼzolari chorak final yo‘llanmasi uchun Italiya ayollar terma jamoasiga qarshi bahs yuritadilar. Ushbu uchrashuv  4 avgust kuni o‘tkaziladi.

Maʼlumot uchun. Yaponiya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan gollarga O‘g‘iloy Abdulxayeva (6 ta), Ulyana Umrzoqova (4 ta), Anastasiya Berezina (4 ta), Nihola Ahmadxonova (2 ta), Sofiya Golshteyn (2 ta) va Amiliya Gabzalilova (1 ta) mualliflik qilishdi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена