Home/Yangiliklar/Suv polosi. Ikkinchi turda imkoniyat boy berildi

Suv polosi. Ikkinchi turda imkoniyat boy berildi

← Oldingi Keyingi →
23

Maʼlumki, shu kunlarda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda.

IMG_9004

Dastlabki turda quvaytlik vaterpolchilarni yirik hisobda mag‘lub etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi turda Vengriya termasiga 4:31 hisobida imkoniyatni boy berdi. Terma jamoamiz tomonidan kiritilgan gollarga Danil Krivoxijin (2 ta), Shahzod Turg‘unov (1 ta), Aleksandr Yumangulov (1 ta).

image_2022-08-13_11-11-22

Ikkinchi tur bahslari Turkiya va Braziliya terma jamoalarining o‘zaro uchrashuvi bilan boshlandi. Uchrashuvlar sezilarli ustunlikka ega bo‘lgan braziliyalik vaterpolchilar 18:12 hisobida zafar quchdilar.

image_2022-08-13_11-11-40

Gretsiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda esa aksincha, uchrashuvning so‘nggi soniyalariga qadar tengma-teng kurash bordi va unda gretsiyalik sportchilar bir to‘p farqi bilan 12:11 hisobida zafar quchishdi.

image_2022-08-13_11-11-28

Shundan so‘ng suzish havzasiga Quvayt va Qozog‘iston terma jamoalari tushdilar. Ushbu o‘yinda qo‘shnilarimiz butun uchrashuv davomida sezilarli ustunlikka ega bo‘lishdi va 16:3 hisobida g‘alaba qozondilar.

O‘zbekiston terma jamoasi yigitlari 3-turda aynan qozog‘istonlik vaterpolchilarga qarshi bahs yuritishadi. Mazkur uchrashuv 14 avgust kuni o‘tkaziladi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена