Home/Yangiliklar/Suv polosi. Jahon chempionati hal qiluvchi pallada

Suv polosi. Jahon chempionati hal qiluvchi pallada

← Oldingi Keyingi →
24

image_2022-08-06_16-45-08

Belgrad shahri (Serbiya)da suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati poyoniga yetib bormoqda. Guruh bahslari yakuniga yetgach, chorak final hamda 9-16 o‘rinlar uchun bahslar boshlandi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 9-12 o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Dastlabki o‘yinda Xorvatiya ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan Akbar Sodiqov shogirdlari yakunda 5:22 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 9-12 o‘rinlar uchun bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘yinda esa kanadalik vaterpolchilar Qozog‘iston termasi ustidan 14:7 hisobida zafar quchishdi.

9-12 o‘rinlar uchun. Yarim final

O‘zbekiston – Xorvatiya  5:22
Qozog‘iston – Kanada   7-14

Shu tariqa, 7 avgust kuni o‘tkaziladigan o‘yinlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari 11-12 o‘rinlar, Kanada va Xorvatiya terma jamoalari esa 9-10 o‘rinlar uchun o‘zaro kuch sinashadilar.

7 avgust

11-12 o‘rin

O‘zbekiston – Qozog‘iston

9-10 o‘rinи

Xorvatiya – Kanada

Kecha, shuningdek, 13-16 o‘rinlar uchun o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab, 15-16 o‘rinlar uchun Turkiya va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘zaro bahs yuritishdi. Qarama-Qarshi hujumlar ostida kechgan o‘yin 12:9 hisobida afrikalik vaterpolchilarning foydasiga hal bo‘ldi va ular 15-o‘rinni, Turkiya termasi esa 16-o‘rinni band etdi. 13-14 o‘rinlar uchun kechgan bahsda Yaponiya terma jamoasini 19:16 hisobida yengan serbiyaliklar 13-o‘rinni egallashdi.

Chorak final uchrashuvlari kutilganidek murosasiz kurashlar ostida kechdi. Dastlab, Vengriya terma jamoasi avstraliyaliklarni 13:10 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘yinda gretsiyalik vaterpolchilar Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasidan 23:9 hisobida ustun keldilar. Niderlandiya va Italiya terma jamoalari uchrashuvida italiyalik vaterpolchilar bir to‘p farqi bilan 15:14 hisobida zafar quchishdi.

Va nihoyat, Ispaniya va AQSH terma jamoalari bahsida okean orti vakillarining 13:9 hisobida qo‘llari baland keldi.

Chorak final

Vengriya – Avstraliya  13:10

Gretsiya – Yangi Zelandiya  23:9

Niderlandiya – Italiya  14:15

Ispaniya – AQSH  9:13

Quyicha yarim final hamda 5-8 o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradigan juftliklar berilgan.

5-8 o‘rin

Avstraliya – Yangi Zelandiya

Niderlandiya – Ispaniya

Yarim final

Vengriya – Gretsiya

Italiya - AQSH

Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, yarim finalga qadar yetib kelgan to‘rt terma jamoaning ikkitasi (AQSH, Gretsiya) O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan “V” guruhi vakillari hisoblanadi.

Taʼkidlash joizki, yosh vaterpolchilarimiz garchi har ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchragan bo‘lishsada, nomdor raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. Bu ham o‘z navbatida terma jamoamizni yildan-yilga shakllanib borayotganligidan darak beradi.

Aslida esa, dunyoning 16 ta eng kuchli terma jamoalari qatori jahon chempionatining final bosqichiga chiqish o‘ziga xos muvaffaqiyat hisoblanadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining o‘yinlari Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA)ning rasmiy saytida bir necha bor tahlil qilindi va yetakchi mutaxassislar tomonidan ijobiy baho berildi.

Biz esa o‘z oldiga doimo yuqori marralarni qo‘yadigan vaterpolchilarimizga bo‘lajak uchrashuvlarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена