Biroz avval Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida guruh bahslari nihoyasiga yetdi.
Eʼtiborlisi, oxirgi turda Yaponiya ayollar terma jamoasini 19:11 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Quyida so‘nggi tur natijalari berilgan:
“A” guruhi
3-tur.
Italiya – Vengriya 8:12
Turkiya – Qozog‘iston 3:14
“В” guruhi.
3-tur.
O‘zbekiston – Yaponiya 19:11
Gretsiya – AQSH 15:14
“С” guruhi.
3-tur.
Avstraliya – Niderlandiya 4:10
Janubiy Afrika – Kanada 7:15
“D” guruhi.
3-tur.
Serbiya – Xorvatiya 7-18
Ispaniya – Yangi Zelandiya 17:11