Home/Yangiliklar/Suv polosi. Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladik

Suv polosi. Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladik

← Oldingi Keyingi →
47

photo_2022-07-05_15-00-34 (2)

Avval xabar berganimizdek, bugun Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari boshlandi.

Mazkur dunyo birinchiligida “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi birinchi turda quvaytlik vaterpolchilarga qarshi bahs olib bordi.

Eʼtiborlisi, uchrashuv O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining sezilarli ustunligida o‘tdi. Yakuniy hisob ham shunga yarasha bo‘ldi – 29:8.

Uchrashuvda raqiblar darvozasiga 11 gol kiritgan Daniil Krivoxijin terma jamoamiz g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Quvayt yoshlar terma jamoasi darvozasiga Daniildan tashqari Shahzod Turg‘unov (7 ta), Burxonjon Sayfutdinov (4 ta), Artur Vishnyakov (3 ta), Aleksandr Yumangulov (1 ta), Mixail Dashkov (1 ta), Ilyos Rustamov (1 ta) va Saidislombek Yusufjonov (1 ta) gol kiritishdi.

“Uchrashuvning ilk daqiqalaridan boshlab tashabbusni o‘z qo‘limizga olish maqsadida hujumga zo‘r berdik. O‘z navbatida himoyani mustahkamlashga ham jiddiy eʼtibor qaratdik. Bugungi o‘yinni boshqargan hakamlar ko‘proq raqib foydasiga qarorlar qabul qilishdi. Ammo shunga qaramay yigitlar bor imkoniyatlarini ishga soldilar va yakunda biz yirik hisobda g‘alaba qozondik”, - deydi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Aziz Solixonov.

Terma jamoamiz guruh bosqichidagi 2-turni 12 avgust kuni Vengriya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bo‘lajak uchrashuvda ham hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.  

Maʼlumot uchun. Ushbu guruhda bo‘lib o‘tgan ikkinchi uchrashuvda Xorvatiya yoshlar terma jamoasi qozog‘istonlik vaterpolchilardan 15:2 hisobida ustun keldi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена