Home/Yangiliklar/Suv polosi. Namanganda xotira turniri o‘tkazildi

Suv polosi. Namanganda xotira turniri o‘tkazildi

← Oldingi Keyingi →
42
Suv polosi. Namanganda xotira turniri o‘tkazildi

Joriy yilning 24-25 avgust kunlari Namangan shahrida suv polosi bo‘yicha Ravil Vishnyakov xotirasiga bag‘ishlangan turnir o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa ikkita yosh guruhida tashkil etilib, birinchi guruhda 2006-2007 yillarda tavallud topgan sportchilar, ikkinchi guruhda esa 2008-2009 yillarda tug‘ilgan vaterpolchilardan iborat jami 12 ta jamoa sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Haqiqiy bayramona ruxda tashkil etilgan ochilish tantanalarida mamlakatimizda sportning ushbu turini yana-da rivojlantirishga katta xizmatlari singan Ravil Vishnyakov haqida, u yaratgan o‘ziga xos maktab hususida atroflicha so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng musobaqalarga start berildi. Ikki kunlik musobaqalarning yakunlariga ko‘ra 2006-2007 yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida “Molot” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

2008-2009 yillarda tug‘ilgan vaterpolchilar o‘rtasidagi musobaqada esa oltin medalni “Sintez” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Xotira turniri so‘nggida barcha g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan taʼsis etilgan medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена