Xabaringiz bor, shu kunlarda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini g‘imoya qilayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi chorak finalga beriladigan yo‘llanma uchun bo‘lib o‘tgan bahsda italiyalik vaterpolchilar bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda jami 28 ta gol kiritildi. Shundan 19 tasi Italiya ayollar terma jamoasi hisobiga yozildi. Terma jamoamiz safida Ulyana Umrzoqova raqib darvozasiga 4 ta gol kiritdi. Shu tariqa, Umrzoqovaning mazkur jahon chempionatida kiritgan gollari soni 9 taga yetdi.
Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA)ning rasmiy sayti O‘zbekiston ayollar terma jamoasining o‘yinlari, vaterpolchilarimiz tomonidan kiritilayotgan gollar haqida to‘xtalar ekan, bu terma jamoaning xatto darvozaboni Valeriya Konovalova ham raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi deya eʼtirof etgan.
Quyida kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinlar va ularda qayd etilgan natijalar berilgan:
4 avgust
Italiya – O‘zbekiston 19:9
Qozog‘iston – AQSH 3:17
Avstraliya – Xorvatiya 13:12
Kanada – Yangi Zelandiya 7:8
13-16 o‘rinlar uchun
Turkiya – Yaponiya 9:24
Janubiy Afrika – Serbiya 17:18
Shu tariqa, Akbar Sodiqov boshchiligidagi terma jamoamiz 9-13 o‘rinlar uchun bahslarni davom ettiradigan bo‘ldi. Bugun vakillarimiz Xorvatiya ayollar terma jamoasiga qarshi bahs yuritadilar. Ushbu o‘yin g‘olibi 9-10 o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda maydonga tushadi. Mag‘lub jamoa esa 11-12 o‘rinlar uchun kurash olib boradi. 9-13 o‘rinlar uchun o‘tkaziladigan ikkinchi uchrashuvda Kanada va Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Bugun, shuningdek, chorak final uchrashuvlari hamda 13-16 o‘rinlar uchun o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Quyida barcha juftliklar berilgan.
1-8 o‘rinlar uchun.
Chorak final
Vengriya – Avstraliya
Gretsiya – Yangi Zelandiya
Niderlandiya – Italiya
Ispaniya – AQSH
13-14 o‘rinlar uchun
Yaponiya – Serbiya
15-16 o‘rinlar uchun
Turkiya – Janubiy Afrika