Home/Yangiliklar/Suv polosi. Osiyo chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

Suv polosi. Osiyo chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

← Oldingi Keyingi →
38

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 7-14 noyabr kunlari Tailandning Samutprakan shahrida suv polosi bo‘yicha ayollar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari o‘tkaziladi. Mazkur qitʼa chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi.

Ayni kunlarda Akbar Sodiqov boshchiligidagi vaterpolchilarimiz suv sporti turlariga qarashli Respublika oliy sport mahorati maktabining suzish havzasida bo‘lajak Osiyo chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rishyapti.

027A3900027A3923027A3927027A3967

“So‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida asosan texnik-taktik tayyorgarlikka urg‘u beryapmiz. Bugungi kunga kelib terma jamoa tarkibi shakllangan. Taʼkidlash joizki, bu yilgi qitʼa chempionati yana-da kuchli raqobat ostida kechishi kutilmoqda. Sababi, mazkur Osiyo chempionatida sovrinli o‘rinlar bilan birga, jahon chempionati yo‘llanmalari ham o‘ynaladi. Bu esa har bir uchrashuvni yana-da murosasiz kechishiga xizmat qiladi”, - deydi Akbar Sodiqov.

027A3974_2027A3964

Agarda bugungi kunda sportning ushbu turi Osiyo qitʼasida keng rivojlanib, raqobatbardosh terma jamoalar safi kengayib borayotganligini inobatga olsak, chindan ham medallar uchun kurash keskin kechishini taxmin qilish qiyin emas.

Umid qilamizki, vaterpolchilarimiz bo‘lajak qitʼa chempionatida ham o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilishadi va bu yo‘lda ularga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена