Home/Yangiliklar/Suv polosi. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Suv polosi. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

← Oldingi Keyingi →
22

Xabaringiz bor, joriy yilning iyul – avgust oylarida Serbiya poytaxti Belgrad shahrida suv polosi bo‘yicha yoshlar terma jamoalari o‘rtasida jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston yoshlar (erkaklar – ayollar) terma jamoalari ham Vatanimiz sharafini himoya qilishdi.

Bugun O‘zbekiston suzish federatsiyasida Serbiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunlari hamda joriy yilning 7-13 noyabr kunlari Tailand davlatida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

027A9315_1

O‘zbekiston suzish federatsiyasi Bosh kotibi Alisher Ganiyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda suv polosi bo‘yicha terma jamoalar murabbiylari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston suzish federatsiyasi Bosh kotibi kirish so‘zi bilan ochar ekan, mamlakatimizda sportga, xususan, suv sporti turlariga Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar yangidan-yangi iqtidorlar safini kengayishi hamda xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlar salmog‘ini yil sayin ortib borishiga xizmat qilayotganligini mamnuniyat bilan taʼkidlab, qo‘lga kiritilayotgan bu kabi g‘alabalar tasodifiy emasligini bo‘lajak musobaqalar orqali isbotlash lozimligi haqida atroflicha so‘z yuritdi.

027A9358

Shundan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Akbar Sodiqovning Serbiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunlariga doir hisoboti tinglandi.

Taʼkidlash joizki, dunyoning yetakchi terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur mundialda yurtimiz yoshlarining ham ishtirok etganliklari, bugungi kunda sportning ushbu turi mamlakatimizda rivojlanish bosqichida ekanligini yana bir bor isbotladi.

027A9317

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan ikkinchi masala – Tailandda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga terma jamoamizni har tomonlama puxta tayyorlash borasida ham murabbiylar taklif va muloxazalari tinglandi.

027A9323

O‘zbekiston suzish federatsiyasi Bosh kotibi Alisher Ganiyev bo‘lajak qitʼa chempionatida terma jamoamiz oldiga Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish va kelasi yili Yaponiya davlatida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ydi.

027A9340027A9357027A9349

Creative Commons Attribution 4.0 International
Сайтдаги барча материаллардан қуйидаги лицензия бўйича фойдаланиш мумкин: Creative Commons Attribution 4.0 International.
Bizning joylashuvimiz:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. 100096, Chilonzor 7-mavze, Oq-tepa qayilishi
Biz bilan yanada yaqinroq boling
BIz bilan boglaning
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена